4-Mavzu: qonning tarkibi: plazma va shaklli elementlarning tuzilishi, miqdori hamda fiziologik funksiyalari. Reja: Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari


Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari


Download 40.22 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi40.22 Kb.
#1157363
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Mavzu QONNING TARKIBI PLAZMA VA SHAKLLI ELEMENTLARNING TUZILISHI, MIQDORI HAMDA FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI.

Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari. Qon plazmasi tarkibida oqsillar organik moddalarning ko‘p qismini tashkil etadi. Plazmadagi oqsillarga albumin, globo’lin va fibrinogen kiradi. Fibrinogen qon ivishida ishtirok etgani sababli, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Qon ivishida plazma fermentlaridan protrombin ham muhim rol o‘ynaydi. Quruq qoldiqning taxminan 1% i anorganik moddalar (natriy, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor tuzlari va boshqalar)dan iborat. Bu mineral tuzlar plazmadagi osmotik bosimini tartibga solib turadi. Osmotik bosim deb, suyuqlikda erigan moddalar ko‘rsatadigan bosimga aytiladi. Hujayra va to‘qimalarning normal yashashi uchun osmotik bosim turg‘un bo‘lishi kerak. Qon plazmasida tuzlar ko‘payishi natijasida osmotik bosimi ortadi. Tuzlar tarkibsi pasaysa, osmotik bosim ham past bo‘ladi. Plazmaning osmotik bosimi o‘zgargan sharoitda qon hujayralari yashay olmaydi, bujmayib, nobud bo‘ladi yoki yorilib ketadi. Qizil qon hujayralarning yorilishi gemoliz deyiladi.
Qonda oqsil va natriy tuzlari miqdorining ortishi to‘qimalarda suv miqdori to‘planishiga olib keladi. To‘qimalarda suv miqdorining ko‘payishi – odamni ko‘pchish (shishish)ga olib keladi. Qon moddalar almashinuvida vujudga kelgan zaharli chiqindi (siydik kislotasi) moddalarni, ortiqcha suv va tuzlarni ajratish organlari (buyrak, ter bezlari va hokazo) orqali organizmdan chiqarib yuborilishida vositachilik rolini o‘ynab, organizmda tuz va suv miqdorini normal holatda saqlaydi. Plazmadagi barcha tuzlar tarkibiga muvofiq qilib, tayyorlangan eritma fiziologik eritma deyiladi. Issiqqonli hayvonlar uchun 0,9% va sovuqqonli hayvonlar uchun 0,6% li NaCL eritmasi fiziologik eritmaga misol bo‘ladi.
1Plazma 90% suv va 10 % erituvchi moddalardan tashkil to’gan, erituvchi moddalar 70 % oqsil, 20 % nitritlar va 10% elektrolitlar bor. Plazma immun tizimga ta’sir qiladi.
2Albuminlar eng muhim plazma oqsili bo’lib,ularning birinchi darajali vazifasi, osmotik bosimini ushlaydi.Bilirubin moddasi va bir necha gormonlar va vitaminlarni tashish vazifasini ham bajarib, ular ham oqsillar jamg’arishda ishtirok etadi. Y-Globo’linlar- asosan lipidlarni tashishni lipo’roteinlar bajaradi.Qon plazmasidan y-globo’linlarning asosini immunoglobo’lin moddasi tashkil qiladi.
3Umuman o’rtacha olganda qon miqdorining 55 foizi plazma, qolgan qismini esa shaklli elementlar tashkil qiladi.

Download 40.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling