Qonning shaklli elementlari. Kislorod bilan tuyinmagan qon qoramtir qizg’ish rangli bo’lib, venoz qon deyiladi. Qonning zichligi kichik miqdorda o’zgarib, asosan undagi shaklli elementlar,oqsil,lipidlar miqdoriga bog’liqdir.Qon zichligi qushlarda 1,05 g, kemiruvchilarda 1,051 g, odamda 1,060g/ml. ga teng. Leykotsit va qon plastinkalarining zichligi eritrotsitlarga nisbatan past.Qonning yo’ishqoqligi suv yo’pishqoqligidan 4-6 marta ko’p bo’lib, bu qon tarkibidagi eritrotsitlar miqdoriga va plazmadagi oqsil miqdoriga bog’liqdir. Qonning yo’pishqoqligi qonning qotishi yoki ivishi natijasida ortadi.
Qonning shaklli elementlari 3 xilda bo’lib, ular quyidagilardir.
Eritrotsitlar qizil qon tanachalari
Leykotsitlar oq qon tanachalari.
Trombotsitlar qon plastinkalari.
Eritrositlar - qizil qon tanachalari, qon elementlarini asosiy massasini tashkil qilib, qonga qizil rang beradi. Sut emizuvchilarning eritrositlari mayda, yadrosi yuq, lekin embrional davrda yadroga ega bo’ladi. Eritrositlar ikki tomonlama botiq shaklda bo’lib, diametrn 7,2-7,5 mm, gomogen sitoplazmali. Bunday shakl uning yuzasini kengaytirib, gazlarni tez va tekis hujayra membranasidan diffuzlanishini ta’minlaydi.
Eritrositlar elastik bo’lib, kapillyarlarda harakatlanish qobiliyatiga ega. Hamma eritrositlarni umumiysi katta odamda 3800 m bo’lib, tana yuzasidan 1500 marta kattadir. Eritrosit membranasi ichki qavati oqsilli bo’ladi va tanlab o’tkazish qobiliyatiga ega, kation va anionlarni oson o’tkazadi. Natriy va oqsillarni umuman o’tkazmaydi. Eritrositlarda K+ va Natriy kam, plazmada aksincha. Eritrositlarning parchalanishi va gemoglobinni plazmaga chiqishi gemoliz deyiladi. Eritrositlarni qondagi miqdorining kamayishi anemiya deyiladi. Eritrositlarni asosiy vazifasi, kislorodni o’pkadan to’qimaga va to’qimadan karbonat angidridni o’pkaga transport qiladi, kislotali, ishqorli muvozanatni boshqarish, plazmadagi ionlar muvozanati, suv-tuz almashinuvida, immunitetda ishtirok etadi. Qon ivishida qatnashadi, gemoglobinni eng asosiy pigmenti xromokorotin bo’lib, oddiy oqsildan tuzilgan. Gemoglabin eng ko’p tarqalgan, molekulyar massasi 64458 darajaga teng. 1 dona eritrositda 100 mln molekula gemoglobin bor. U globin oqsili hamda gem (temir) dan iborat. Miqdori 100 sm kub qonda 14 gr ni tashkil etadi. Eritrositlarni cho’kish tezligi: erkaklarda 1 soatda 5-9 mm. ayollarda esa 10 mm bo’lib, bu jarayon murakkab va ko’pgina omillarga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |