4-Mavzu: qonning tarkibi: plazma va shaklli elementlarning tuzilishi, miqdori hamda fiziologik funksiyalari. Reja: Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari


Download 40.22 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi40.22 Kb.
#1157363
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Mavzu QONNING TARKIBI PLAZMA VA SHAKLLI ELEMENTLARNING TUZILISHI, MIQDORI HAMDA FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI.

Leykositlar – oq qon tanachalari bo’lib, ularda yadro va sito’lazma bor. Sut emizuvchilar qonida 1mm kubda 6000-8000 dona bo’lib, uning miqdori kun, vaqti, organizmning fiziologik holatiga bog’liq bo’ladi. Uning ko’payishi leykositoz, kamayishi esa leykonepeya deyiladi. Leykositoz oziqlangandan so’ng, homiladorlikdan: muskullar charchaganda, kuchli emotsiyalanishda ko’p uchraydi. Leyko’eniya infeksion kasalliklardan so’ng ko’p uchraydi. Leykositlarni 50 foizi tomirlardan tashqarida bo’ladi, 30 foizi suyak iligida ushlanadi. Leykositlar ikki guruhga: Granulositlar va Agronulositlarga bo’linadi.Granulositlar: Eozinofillar,bazofillar va neytrofillarga bo’linadi. Donasiz leykositlar esa limfosit va monositlarga bo’linadi.
Trombositlar- qon plastinkalari bo’lib, sut emizuvchi hayvonlarda yadrosi yo’q, boshqa umurtqalilarda esa trombositlar yadroga ega. Trombositlar yassi, noto’g’ri, yumaloq shaklli, diametri 1-4mkm., qizil ilikda hosil bo’ladi. 8 kunda yetiladi va qon tomirlarida 5-11 kun bo’ladi. 1mm qonda 200000- 400000 ta bo’lib, ovqat hazm qilishda, og’ir ish bilan shug’ullanganda, homilidorlikda ularning miqdori ko’payadi. Kunduzi ko’p, kechasi kam bo’lib, ularning vazifasi qon ivishini ta’minlaydi, yetilgan tanalarni fagositoz qobiliyatiga ega bo’lganligi uchun organizmni immunobiologik reaksiyalarda ishtirok etadi.
Gomeostaz – evolyusiya jarayonida hosil bo’lgan organizmning himyo reaksiyasi bo’lib, qon tomirlari spazmasida paydo bo’ladi. Gemostaz termini qon ketishini to’xtatish bilan tugaydigan fiziologik jarayonlar yig’indisidir. Plazma, shaklli elementlar va to’qimalarda bo’ladigan har xil birikmalar bu reaksiyada ishtirok etadi. Qon ketishini to’xtatishni ikkita mexanizmi mavjud:

  1. Tomir-trombosit gemostazi.

  2. Qon laxtasining keyingi retraksiyasi yoki qon ivishini farqlash.

Tomir -trombositar yoki mikrosirkulyator gemostazida qon bosimi past bo’lgan mayda tomirlardan qon ketishining to’xtatilishi tushuniladi. Bunda tomir spazmasi, trombosit tiqinini hosil qilish bilan trombositlarning agregatsiya va yo’ishqoq metamorfozini hosil qilish va ishonchli gemostazni ta’minlaydigan trombosit zichlashishini hosil qiladi. Tramva hamma vaqt ogriqli reaksiyalar bilan kuzatiladi, bunda simpatik nerv tizimi tonusini ortishini yuzaga keltirib, oqibatda mayda tomirlarning torayishiga olib keladi. Tomirlarning reflektor spazmasi qisqa muddatli bo’lib,uzoq vaqt uchun esa biologik faol moddalar (serotonin, adrenalin, noradrenalin) orqali saqlab turiladi.

Download 40.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling