4-мавзу: Sanoat binolarida foydalaniladigan ko’tarma transport vositalari


TSex ichidagi yuk ko’taruvchi va tashuvchi transportlar


Download 356.45 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi356.45 Kb.
#1328642
1   2   3   4
Bog'liq
4 maruza

. TSex ichidagi yuk ko’taruvchi va tashuvchi transportlar

Bino ichida keltirilgan xom-ashyo, yarim fabrikat, tayyor mahcylotlarni ko’tarish-tashish va texnologik qurilmalarni o’rnatish yoki ko’chirish transport jihozlari bilan amalga oshiriladi.


TSex ichidagi ko’tarish-tashish jihozlari davriy va to’xtovsiz harakatdagi ikki guruhga bo’linadi. Davriy guruhga osma , ko’priksimon kran va yerda yuradigan transportlar kiradi.
Ikkinchi guruhda esa konveyr lentasimon, kurakli, yassi (plasticheskiy), cho’michli , harakatlanuvchi tasma va shneyklar kiradi.
Sanoat qurilishi binolarida eng ko’p osma va ko’priksimon kranlar bilan jihozlanadi, chunki bu kranlar uch yo’nalishda harakat qilib, yukni tsexni hohlagan nuqtasiga olib boradi.

2.4- rasm. Osma va ko’priksimon kranli binolar.
a-osma kranli; b-ko’priksimonli; 1-yuk ko’taruvchi to’sin; 2- harakatlantiruvchi to’sin; 3- Osma kran izi; 4-elektrotal; 5-kran xaydovchining xonasi; 6-kran izi bo’ylab harakatlantiruvchi mexanizm; 7-yuk ko’taradigan ko’priq 8-aravacha yuk ko’taradigan mexanizmi bilan; 9- kran osti yo’li; 10-tok utkazadigan kabel.

Osma kranlar 0,25 dan 5 tonnagacha (ayrim hollarda 20 t) yukni ko’tara oladi. Kran asosan yuk ko’taruvchi yengil ko’prikdan yoki to’sin (balka)dan, ikki yoki to’rt g’ildiakli (osma yo’lda) harakatlanuvchi mexanizmlardan iborat.


TSexning oraliq kengligi, tom yopmasini yuk ko’taruvchi konstruktsiya-sini qadam, naqliyotni oraliqda talab etilgan ish bajarish sonni va yuk ko’tarish qobiliyatiga qarab, bir nechta osma kranlar o’rnatish mumkin. Yo’llarni soniga qarab osma kranlar bir, ikki va ko’p oraliqli bo’ladi.
Bir oraliqli kranni uzunligi 3,6 dan 18 metrgacha, ikki oraliqniki 16,2 dan 27 metrgacha, 3 oraliqniki 28,2 dan 34,8 mertgacha bo’lishi mumkin.
Kran oralig’ining o’lchami (ikki osma nuqtalar orasidagi masofa) 1,5 metr nisbatda olinadi va 3-15 metrni tashkil etadi.
Osma kranlarni tsex polida yurib boshqaradi.
Ko’priksimon kranlar – 1 dan 500 va undan ortiq tonnagacha yuk ko’taradi. Asosan 5-30 tonna yuk ko’taradigan kranlar ishlatiladi. TSexlarda yukni massasi va tashish tezligi har xil bo’lsa, u holda kranlarda ikkita ko’taruvchi mexanizmlar bo’ladi. Kranlarning yuk ko’tarish qobiliyati kasr sonlar bilan belgilanadi. Masalan: 50/20 tonna, suratda asosiy mexanizmni yuk ko’tarishini, maxraji esa yordamchinikini ko’rsatadi.
Ko’priksimon kran xonaning oralig’ini eniga egallab turadigan yuk ko’taruvchi ko’prik, kranni harakatlantiruvchi mexanizm va ko’prik bo’ylab harakatlaydigan aravacha (teleshka) ko’tarish mexanizmlardan tashkil topgan (2.4-rasm).
Ko’priksimon kranning ko’prigi fazovoy to’rt tekistlik chorcho’p (karobka) to’sin (balka) yoki ferma shaklidagi konstruktsiya, ko’prikni ikkala uchiga kranni harakatta keltiruvchi mexanizmlar o’rnatiladi. Kranni harakatga keltiruvchi mexanizmlar tsexning kolonnalarini rafaq (konsolь)liga joylashgan, kran osti to’siniga o’rnatiladi. Ko’prikni ustiga relьs o’rnatiladigan bo’lib, unda aravacha ko’taruvchi mexanizm bilan harakat qiladi.
Ko’priksimon kran, ko’prikka o’rnatilgan kabina yoki yerdan turib boshqariladi.
TSexda ekspluatatsiya qilinayottan ko’priksimon kranlarni ish tartib (rejim) koeffitsenti uchga bo’linadi:
– eng og’ir va og’ir ish tartibi – K = 0,4 - 0,8
– o’rta ish tartibi – K = 0,25 - 0,4
– yengil ish tartibi – K = 0,15 - 0,25
K – ko’priksimon kranni foydalanish koeffitsenti.
Kranning ish tartibi koeffitsientini aniqlash uchun, tsexda ishlayotgan ko’prikli kranni ishlash vaqtini, tsexning birlik ishlash vaqtini davomligiga nisbati olinadi.
Intensiv texnologik jarayonli tsexlarda bir oraliqka ikkita va undan ortiq kranlar o’rnatilishi mumkin.
TSexning oralig’ida eng og’ir yoki og’ir va o’rta tartibda ishlayottan ikkita va undan ortiq kranlar bo’lsa, kran osti to’sini bo’ylab yo’laklar o’rnatiladi. Yo’laklarni eni 400, balandligi 1800 mm bo’ladi.
Ko’priksimon kranlarni oralig’i 13,5 metrdan 33 metrgacha bo’ladi.
TSex oralig’i bilan ko’priksimon kran oralig’i (kr – kran yo’li relьslarni vertikal o’qlari orasidagi masofa)ni bir-biri bilan bog’lanishi GOST 534-59 da belgilangan. Bu bog’lanishlar 1-jadval va rasmda keltirilgan.
Kranni oralig’i, tsex oralig’iga va kran osti relьsi o’qini asosiy bo’ylama o’qqa bog’lanishiga bog’liq. Kran osti relьsi o’qini asosiy bo’ylama o’qlarga bog’lanishi quyidagicha qabul qilingan: agar tsexda elektr toki bilan ishlaydigan ko’priksimon kranni yuk ko’tarish qobiliyati 50 tonnagacha bo’lsa, u holda kran osti to’sinini o’qi bo’ylama asosiy o’qqacha bo’lgan masofa – 750 mm; tsexda shunaqa kran faqat yuk ko’tarish qobiliyati 50 tonna va undan ortiq, u holda 1000 mm bog’lanadi. (2.5-rasm).
1 – jadval

Download 356.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling