4-мавзу: Sanoat binolarida foydalaniladigan ko’tarma transport vositalari
Download 356.45 Kb.
|
4 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat binolarini loyihalash asoslari
4-мавзу: Sanoat binolarida foydalaniladigan ko’tarma transport vositalari. Reja: Sanoat binolarini loyihalash asoslari Sanoat binolari belgilagan maqsadi va kapitalligiga nisbatan tasniflash Sex ichidagi yuk ko’taruvchi va tashuvchi transportlar Sanoat binolarini loyihalash asoslari Hozirgi zamon korxonalarining asosiy turi, ichiga bir nechta tsexlarni birlashtirib bitta tom tagiga joylashtirilgan, rejada yirik o’lchamli birxillashtirilgan (unifikatsiya) kolonnalar turi va yuqori darajada yig’ma konstruktsiyalarini qo’llanishi bilan farq qiladi. Bir nechta qo’shni korxonalar guruhi qo’shilib, umumiy yordamchi ishlab chiqarish, injenerlik inshootlari va yagona xizmat ko’rsatish tizilmasi sanoat tugunini tashkil etadi. Ish joylarda qulaylik yaratish, ishchilarga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash uchun sanoat binolarining fasadi va estetikasiga katta ahamiyat beriladi. Qurilishni industirlashtirishning asosiy printsipi, bino va insho-otlarning konstruktsiya va detallarini zavodda tayyorlab, qurilish may-donini maksimal montaj maydoniga aylantirishdan iborat. Bino va qurilish konstruktsiya, detallarini birxillashtirmay namunaviylashtir-masdan sanoat qurilishining industirlashtirishini iloji yo’q. Bu muammolarni hal qilish uchun, oxirgi yillarda bino va inshootlarning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechilmalarini birxillashtirish sanoat qurilishida, bino va inshootlarini namunaviylashtirilgan yig’ma konst-ro’qtsiya va detallarni joriy qilinmokda. Qurilishni industirlashtirishning asosiy yo’nalishi keng ko’lamli zavodda tayyorlangan yuqori darajadagi yirik elementli konstruktsiya-larini qo’llash, ularni yirik tugun va bloklardan montaj qilishga o’tish. Asosiy ishlab chiqarish fondi passiv (bino va inshootlar) va aktiv (mashina va jihozlar)ga bo’linadi. Bino va inshootlar asosiy ishlab chiqarish fondining 50-55% ni tashkil qiladi. Sanoat qurilishidagi asosiy maqsadlardan biri bino va inshootlar qurish uchun ajratilgan mablag’ning umumiy hajmidan passiv qismini kamaytirishdan iborat. Sanoat binolari ishlab chiqarishda faol rolь uynamasdan bilvosita (passiv) rolь o’ynaganini hisobga olib, loyihalash jarayonida ko’p material va mehnat talab qiladigan tomonlarini qisqartirib, binoning smeta tannarxini arzonlashtirishga harakat qilish kerak. Buning uchun tannarxi qimmat bo’lmagan, lekin samarali qurilish materiallarini qo’llash, binoning yuk ko’taruvchi va to’suvchi konst-ro’qtsiyalarining massasini kamaytirish, qurilish materiallari va zamin gruntlarini mustahkamlik, deformatsionlik xarakteristikasidan to’la foydalanish maqsadga muvofiq. Sanoat qurilishininig asosiy texnikaviy – taraqqiyot darajasini oshirish va tannarxini arzonlashtirish quyidagilardan iborat: – asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi va boshqa tsexlarni birlashtirib, bir binoga joylashtirish; – universal (har tomonlama) va boshqa turdagi progressiv binolar (pavilьon fermalararo qavatli, tekis tomli, texnik yerto’lali va boshqalar)ni qo’llash; – ko’p qavatli, ikki qavatli va tsokol qavatli bir qavatli binolarning qurilishini ko’paytirish; – ko’priksimon kranlarini boshqa samarali turdagi qurilmalar (osma va polda yuradigan kran, elektrokar va boshqalar) bilan almashtirish; – kompleks zavodda tayyorlab keltirilgan qurilish konstruktsiya va detallarini qo’llash; – texnologik asbob uskunalarini bino tashqarisiga yoki ish stoli ostiga joylashtirish (ximiya, neftni qayta ishlash korxonalarida). – tsexlarda ishlayotganlar uchun, yaxshi sanitariy-gigienik va estetik sharoit yaratib, sanoat binolarining arxitekturaviy - badiiy qiyofasi va inetrьerini yaxshilash. Download 356.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling