4-мавзу: Sanoat binolarida foydalaniladigan ko’tarma transport vositalari


Sanoat binolari belgilagan maqsadi va kapitalligiga nisbatan tasniflash


Download 356.45 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi356.45 Kb.
#1328642
1   2   3   4
Bog'liq
4 maruza

Sanoat binolari belgilagan maqsadi va kapitalligiga nisbatan tasniflash

Sanoat bino va inshootlari belgilagan maqsadi va muhimligi bilan quyidagi asosiy turlarga bo’linadi:


– Asosiy ishlab chiqarish korxonalari – bu tsexlarda asosiy texnolo-gik jarayonlar joylashtirilib, tayyor yoki yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqiladi (marten, prokat, yig’uv, to’qimachilik, shirishlik va boshqalar);
– Yordamchi ishlab chiqarish korxonalari – asosiy korxonalar uchun kerak bo’ladigan yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari joylashtiriladi (ta’mirlash, asbobsozlik, tara va boshqa tsexlar);
– Energetik muassasalari – bu muassasalarga korxonalarni elektr energiyasi, gaz, par va siqilgan havo bilan ta’minlaydigan qurilmalar o’rnatiladi (TETS, kompressor, gazogenerator va havo purkagich stantsiyalari va boshqalar);
– Transport muassasalari – korxona ixtiyoridagi, korxona xizmat qiladigan transport vositalarini joylashtiriladi (garajlar, elektrovoz depolari va boshqalar);
– Omborxonalar – korxonaga kerakli xom-ashyo, yarim mahsulot (zagatovok, tayyor mahsulot, yarim fabrikat, yonilg’i-moylash) materiallar saqlanadigan joy.
– Sanitar-texnikaviy – korxonani suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tarmoqlari, atrof muhitni ifloslanishidan himoya muassasalari (nasos va tozalash stantsiyalari, vodoprovod minoralari, suv purkagich hovuzi va boshqalar);
– Yordamchi va umumiy zavod boshqarmasi binolari (korxona ma’muriy va maishiy, zavod boshqarmasi, hunar-texnika bilim yurti, o’t o’chirish depo binolari va boshqalar).
Bulardan tashqari sanoat korxonalarida maxsus inshootlari quriladi (rezervuarlar, gazogolьdirlar, gradirlar, silos, yer inshootlari, tutun mo’rilari, estakadalar, tayanchlar va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan bino va inshootlarni hamma zavod va fabrikalarda qurilishi shart emas, ularning tarkibi qurilayotgan xonani quvvati va nima uchun qurilishiga bog’liq.
Sanoat binolari kapitalligiga qarab to’rt turkum(klass)ga bo’linadi. Birinchi turkumga eng yuqori talablar qo’yiladigan, 4-turkumga esa minimal mustahkamligi va chidamlilik kerak bo’ladigan binolar kiradi. Har bir turkum uchun, kerakli ekspluatatsion sifat talabi, binolarning asosiy konstruktsiya qurilmalarini chidamliligi va yong’inbardoshligi belgilangan.
Eksplatatsion sifat – normal mehnat sharoiti va texnologik jarayonni belgilagan xizmat muddatida kolonnalarning oraliq va qadamini, texnologik jihozlar, ularni montaj qilish, pardoz sifati, ishchilarga ishlash uchun qulay sharoit va texnologik jarayonining muqammalligini ta’minlanishi shart.
Konstruktsiyaning chidamliligi deb, mo’ljallangan xizmat muddati, belgilangan ekspluatatsion holatini, berilgan iqlim sharoitida talab etilgan sifatini yo’qotmasligiga aytiladi, to’suvchi konstruktsiyaning chidamliligi uch daraja (stepeni) bilan belgilangan:
1 – daraja xizmat muddati – 100 yil va undan ortiq.
2 – daraja xizmat muddati – 50 yildan 100 yilgacha;
3 – daraja xizmat muddati – 20 yildan 50 yilgacha.
Binolar asosan – to’rt turkum (klass)ga bo’linadi: 1,2,3,4.
Bino turkumiga nisbatan, uning to’suvchi konstruktsiyalarini chidam-liligi quyidagicha qabul qilinadi:
1-turkum uchun 1-darajali; 2-turkum uchun 2-darajali; 3-turkum uchun 3-darajalidan kam bo’lmasligi kerak.
4-turkum uchun chidamlilik darajasi me’yorlanmaydi.
Bino va inshootlar yong’inbardoshligi bo’yicha besh darajaga bo’linadi. Yong’inbardoshlik asosan qurilish materiallarini yonuvchanlik guruhi o’tga chidamliligi bilan xarakterlanadi.
1-turkum binolar uchun, yong’inbardoshlik 2-darajadan; 2-turkum uchun 3-darajadan kam bo’lmasligi; 3 va 4 turkumlar uchun yong’inbardoshlik darajasi me’yorlanmaydi.
Loyihalanayotgan binoni kapitallik turkumi quyidagi omillarga asoslanadi; xalq xo’jaligidagi ahamiyati; korxonani kattaligi va quvvati; binoga o’rnatilgan texnologik asbob-uskunalarni noyobligi, bino ma’naviy eskirish omilligiga va loyihalanayotgan ob’ektni shaharsozlikdagi ahamiyatiga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalarini kompleksida kapitallik turkumi bo’yicha har xil bo’lgan binolar bo’lishi mumkin. Kapitalligi yuqori turkumdagi binolarni konstruktsiyalarida yetarli mustahkamlik zahirasi bo’lib, yuqori sifatli materiallardan quriladi. Bu binolarni xonalarida hamma qulayliklar yaratilib, yuqori sifatli pardozlanadi.

Download 356.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling