4-mavzu. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash reja


Download 338 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana11.03.2023
Hajmi338 Kb.
#1260997
1   2   3   4   5   6   7
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub’ektining faollik 
darajasiga bog’liq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon 
bo’ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim 
sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning talablariga muvofiq ravishda shaxs 
qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi.
Ikkinchidan, sub’ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy 
normalarning o’zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qo’llashda, 
qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarda namoyon 
bo’ladi.
Uchinchidan, sub’ektning kasbiy o’z-o’zini anglashi, o’z-o’zini namoyon qilishi sifatida 
– bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin tayyorlaydigan o’z-o’zini anglash, o’z-
o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo’ladi. 
Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati 
bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va shaxsning o’zini-o’zi namoyon qilishga intilishi 
orasidagi qarama-qarshiliklarga bog’liq bo’ladi.
To’rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo’ladi va tavsiflanadi 
– bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan 
muvofiqligi ko’rib chiqiladi.
Yuqorida ko’rsatilgan professiogenezning o’ziga xos xususiyatlari mutaxassis shaxsining 
uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub’ektining kasbiy kamolotga erishishga intilishi, bundan 
tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi, ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan 
shaxs, oliy toifali mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi. Kasbiy shakllanish 
jarayonini professiogenetik yondashuv asosida o’rganish borasida bir qator tadqiqotlar olib 
borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs xulq-atvori va 
kasbiy sohasida o’z aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi shaxslarni kasbiy qayta yo’naltirish 
keng tarqalgan voqelikka aylangan. O’zini-o’zi anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi 
muammosi bu jarayonda sub’ektlarning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar 
tizimi, shakllangan shaxs tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va 
iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo’ldi. V.A.Bodrov va M.A 
Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy faoliyatni o’zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta 
kasbga yo’naltirish vaziyatining xarakteri hamda mehnat sub’ektining individual-psixologik 
xususiyatlariga bog’liq holda kasbiy faoliyatga moslashishni o’rganish maqsadida tadqiqot ishi 
olib borilgan.
Etuklik davrida kasbiy qayta yo’naltirish va uning kasbiy shakllanish jarayoniga ta’siri 
quyidagi omillar orqali aniqlanadi:
1. Qayta yo’naltirish vaziyatining ko’rinishiga ko’ra (majburiy yoki ixtiyoriy);
2. Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga ko’ra (turli yosh va ish 
stajiga ega bo’lgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, shifokor, o’qituvchi);


3. Joriy faoliyatning xarakteriga ko’ra;
4. Qayta yo’naltirilgan sub’ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga ko’ra 
(introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar). Qayta yo’naltirishning muvaffaqiyati 
yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda 
majburiy qayta yo’naltirishni, ya’ni ishdan haydalish, tashkilotning inqirozga uchrashi 
vaziyatlarini boshidan o’tkazgan xodim sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy faoliyatga 
moslasha olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga muvofiq), 84%, 63% va 58% 
vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo’naltirishni yoki qo’shimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa
majburiy qayta yo’naltirishni boshidan kechirayotgan xodimlarning yangi kasbiy faoliyatga 
psixologik moslashishida ko’pgina qiyinchiliklarga uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish 
jarayonining tezligi shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavotirlanish 
darajasiga bog’liqdir.
Shaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs taraqqiyotida 
faoliyatning roli haqidagi ma’lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi va mazmuni hamda bu 
jarayon bilan bog’liq ravishda shaxsga nisbatan qo’yiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy 
shakllanishning va bu tizim asosida mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish 
jarayonining yangi qirralarini o’rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan 
bo’lib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan strukturaviydinamik yondashuv 
konsepsiyasi yotadi. To’rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan 
tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy muhim 
xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya’ni uchuvchilik qobiliyatining tuzilishidagi komponentlarning 
o’zaro ichki aloqalarini namoyon bo’lish darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi 
ierarxik munosabatlar xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy 
mutaxassis bo’lib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik 
darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, 
ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yo’nalganligi psixik mavqe jihatidan iqtidorli va 
uning kasbiy faoliyatga qo’yiladigan talablarga muvofiq tarzda rivojlanganligi bo’lajak 
mutaxassislarning kontengentini to’liq shaklda aniqlab bera olmaydi.
Ta’limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy, xarakter jihatdan 
va o’zaro chambarchas bog’liq holda o’zgarishi aniqlangan bo’lib, ular kursantlarga qo’yiladigan 
talablarning turli mazmunga egaligi bilan bog’liq: o’quv masalalari, qolaversa, bu talablarga 
nisbatan moslashuvchanlik darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan 
adekvatlik darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov bo’yicha) individual funksional 
moyilligi bilan belgilanadi. Kursantlarning turli ta’lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim 
xususiyatlarini namoyon bo’lish darajasi ko’rsatkichlarining dinamikasini katta variativligi psixik 
taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va o’zgarishlarning betartibligi, qolaversa, har bir o’quv 
faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta’sirida aks etishi joriy qilingan.
Ta’lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni tizimlashtirishning samaradorligi oshib 
borayotgani aniqlangan bo’lib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini 
kamayishiga, ya’ni xarakterning kasbiy ta’lim bosqichidaga passiv qobiliyatlar tuzilishiga bog’liq 
ravishda o’zgarishiga (birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va 
ahamiyatsiz aloqalar mavjud bo’lib, to’rtinchi kursga kelganda yetakchi xususiyatlar orasida 
“kuchli” aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi);
kasbiy muhim xususiyatlar tuzilishida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor 
(etakchi faollik), faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat qilish) kabi 
3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda.
Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni past va yuqori 
o’zlashtirish darajasiga bog’liq holda namoyon bo’lishida miqdor va sifat jihatdan tafovutlar 
borligini ko’rsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo’lgan kursantlarda kasbiy muhim 
xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va moslashuvchan tizimga asoslanganidan, 
tayyorgarligi past darajada bo’lgan kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi 


kasbiy masalalarni o’zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug’diruvchi konservativ, qattiqqo’llik 
tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining o’ziga xosligida aks etuvchi 
shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rnatish jarayoni kasbiy muhim psixologik 
xususiyatlarning maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning kasbiy tizimda to’liq shakllanishi 
bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy 
shakllanishidagi individual farqlar mutaxassislarni kasbiy etuklikka erishishlarining turli 
imkoniyatlarini belgilab beradi. Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni 
sifatida mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi 
professionalizm, malakaga, kompetentlikka va etuklikka egaligida mujassamlashadi. Bu 
tavsiflarning har biri kasbiy shakllanganlikning o’ziga xos xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti 
darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim 
ahamiyatga egadir. 

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling