4-mavzu. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash reja


Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional konsepsiyani


Download 338 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana11.03.2023
Hajmi338 Kb.
#1260997
1   2   3   4   5   6   7
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional konsepsiyani 
asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini aniqlovchi shaxs 
motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon bo’lishi va shakllanishining ahamiyati;
Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga nisbatan bevosita 
qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi
Kompetentlikning tabiati kognitiv, emotsional va irodaviy jarayonlarning, individning 
maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni 
va namoyon bo’lishiga asoslangan bo’ladi; 
Kompetentlik faqatgina o’zining faol komponentlari hisobiga emas, balki yangi hayotiy 
vaziyatlarda namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan passiv komponentlari hisobiga ham shakllanib 
boradi;
Kompetentlik o’zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini o’rnini ahamiyatli 
darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, ko’p sonli komponentlari 
yordamida aniqlanadi.
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy sifatlardan 
tashqari o’ziga ishonch (o’zining kasbiy bilimlariga, liderlik qobiliyatiga va b);
qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega bo’lish; qiziqarli umumiy 
maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani qo’llashdagi samarali faoliyat;
o’zini-o’zi boshqarish, o’zini-o’zi takomillashtirish qobiliyatlariga ega bo’lish; o’zini-o’zi 
nazorat qilish, moslashganlik, murakkab muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka 
moyillik, qat’iyatlilik, kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 
E.F.Zeerning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini tadqiq 
qilish kasbiy kamolotga erishish chog’ida kompetentlikning turli ko’rinishlari integratsiyalashib 
borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko’rsatdi.
Aytish joizki, kompetentlikning asosiy darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o’z-o’zini 
anglash, o’z kuchiga ishonish, o’zga insonlar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni to’g’ri qabul 
qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi. Taxmin 
qilish mumkinki, mehnat sub’ektining sanab o’tilgan professionallashuv ko’rsatkichlari, 
mutaxassis bo’lish (malaka, kompetentlik) va sub’ektning kasbiy etukligi orasida o’zaro aloqa va 
o’zaro ta’sir mavjud.
Mustahkamlash uchun savollar 
1. Kasb tanlash va kasbga moslashishni izohlang.
2. Kasb tanlashda uzviylik.
3. Kasbiy motiv mazmuni nimadan iborat?
4. Kasbiy motivatsiya nima?
5. Kasbiy moslashuv deganda nimani tushunasiz? 
 
 

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling