4-mavzu. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash reja
Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash. Kasbiy o’zlikni
Download 338 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash. Kasbiy o’zlikni anglashdagi ziddiyatlar “Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub’ektining kasbga egalik qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, ko’nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi va namoyon bo’lishi asosida ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo’llaniladi. Mehnat 127 sub’ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta’kidlashicha, “kasbiy shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va psixologik sifatlariga bo’lgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud bo’lgan va uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan kasbiy yo’naltirilgan xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qo’llaniladi”. Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib ko’rsatgan: “shaxsning o’zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o’zini mutaxassis sifatidagi to’liq obrazi; kasb yordamida o’zini-o’zi rivojlantirish va etishmaydigan xususiyatlarning o’rnini qoplash qobiliyati va x.k.” Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o’z ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo’llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa) qo’yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. Yuqori kasbiy malaka mehnat sub’ekti etukligini shakllanishining va namoyon bo’lishining muhim sharti hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik etarli darajada bo’lmasa ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin. Ko’p qo’llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy etuklikni baholovchi me’yor bo’lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq faoliyatning o’ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo’llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo’yicha tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda ko’proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko’ra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o’zini-o’zi boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi kompetentlikni ham ajratib ko’rsatadilar. Kompetentlikning yuqorida sanab o’tilgan turlari albatta bir insonni to’liq shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo’lishi mumkin, lekin o’zini-o’zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega bo’lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo’la turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo’lishi mumkin. Aytish mumkinki, o’z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning professionalizatsiyani yo’nalganligi, ko’rsatgichi va mazmuni hamda mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir. Download 338 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling