4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Ba 2+ ionlarini K 2 Cr 2 O 7 bilan cho’ktirish uchun рН = 4-5 bo’lishi kerak. 3
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
2. Ba
2+ ionlarini K 2 Cr 2 O 7 bilan cho’ktirish uchun рН = 4-5 bo’lishi kerak. 3. Ko’pchilik kationlarning organik reativlar bilan birikmalari ma’lum bir рН da hosil bo’ladi. Eritmaning рН ini deyarli doimiy o’zgartirmay ushlab turish uchun bufer eritmalar ishlatiladi. Shuninh uchun analitik kimyoda har xil reaksiyalar o`tkazishda bufer eritmalar bilan ishlash qulay hisoblanadi. Kuchsiz kislota va uni tuzi aralashmasiga oz miqdorda kuchli kislota yoki ishqo qo’shilsa, pH o’zgarishi boshqacha bo’ladi, ya’ni 0,1 m bo’lgan CH 3 COONa aralashmasining 1 litriga 0,01 mol HCI qo’shilsa, eritmadagi H + ionlarini konsentrasiyasi ko’p ortmaydi, chunki bu ionlar erkin holatda qolmasdan, darhol tuzning CH 3 COO - ionlari bilan bog’lanib, ionlanmagan CH 3 COOH molekulasiga aylanadi.Shuning uchun eritmani pH i 4,76 gacha o’zgarishi mumkin. Agar berilgan eritma, masalan, 100 marta suyultirilsa, bunda CH 3 COOH ning konsentrasiyasi kamayib ketganligi sababli H + ionlarining konsentrasiyasi ham juda kamayib ketadi. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, eritmani suyultirish bilan kislota va tuz konsentrasiyalarininig nisbati deyarli o’zgarmaydi. Shuning uchun pH ning qiymati deyarli o’zgarmay qoladi. Demak eritma kuchsiz kislota va uning tuzi aralashmasining bo’lishi, eritmaning pH i o’zgartiradigan xar qanday faktorlarning ta’sirini kamaytirib undagi H + ionlarining konsentrasiyasi ma’lum miqdorda saqlab turadi. Bunday aralashmalar regulyatorlar yoki bufer aralashmalar deyiladi. NH 4 OH + NH 4 Cl ammiakli aralashma. CH 3 COOH + CH 3 COONa asetatli aralashma. Bufer aralashmaning pH ni amalda doimiy saqlab turish xususiyati ularning ayrim komponentlari eritmaga kiritilgan ( yoki reaksiya natijasida xosil bo’lgan) kislota yoki asoslarning H + yoki OH – ionlarini o’ziga bog’lab olishga asoslangan. Uning chegarasi esa aralashmadagi komponentlarning konsentrasiyasiga bog’liq. Masalan, 0,1 moldan ortiq HCl yoki NaOH qo’shilsa, har holda 2 eritmaning ham pH i keskin o’zgaradi. Chunki undagi NH 4 OH H + yoki OH - ionlari bog’lashga etmaydi, natijada eritmaga qo’shilgan ishqor yoki kislota ortib qoladi, bu esa pH ni keskin o’zgartirib yuboradi. Bufer aralashmalardan analitik ximiyada keng foydalaniladi. Bufer aralashmalaridan foydalanilganda ularning bufer sig’imini hisobga olish kerak. Ho’sh, bu bufer sig’imi nima? Har qanday bufer aralashma faqat ma’lum 1 miqdordagi kislota yoki ishqor qo’shilganda pH ning doimiyligini saqlab turadi, ya’ni ma’lum bufer sig’imiga ega bo’ladi. Bufer eritmaning pH ko’pi bilan bir birlikka o’zgarishi uchun qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentrasiyali kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi. Tarkibida bir xil konsentrasiyali kuchsiz kislotali va kuchsiz asosdan iborat tuz bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi. Bufer aralashmaning sig’imi ancha kichik bo’lgandagina eritma pH ning amaldagi doimiyligi saqlanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling