4-MAVZU. SIFAT ANALIZINING SISTEMALARI.
Reja:
1.Kationlar analizining sul`fidli sistemasi uning mohiyati.
2.Bu sistemaning ijobiy tomonlari va kamchiliklari.
3.Kationlar analizining kislota – asosli sistemasi, sistemaning ijobiy tomonlari va kamchiliklari.
4.Kationlar analizining ammiyakli fosfatli sistemasi uning mohiyati.
5.Anionlarning analitik guruhlari.
Tayanch iboralar: Gruppa reagenti, kationlar,
anionlarning gruppalanishi, analitik davriy
sistemasi,
sulfidli, xloridli usullar, reaktivlar tozaligi, juda toza moddalar.
Xurmatli
talabalar, sizlarga anorganik kimyo bo’limidan ma’lumki, xar qanday kuchli
elektrolit dissosiyalanganda kation va anion ajraladi. Ana shu tushunchani analitik kimyoga tatbiq
etsak, kationlar sifatida ajraladigan ionlar metall qoldiqlari, anionlar sifatida ajraladigan ionlar esa
kislota qoldiqlaridan iborat ekanligini bilish qiyin emas. Ana shu kation va anionlarni yig’ib, bir
butun kationlar gruppasini hamda anionlar gruppasini tashkil etilgan. Ularni o’rganishdan avval
gruppa
reagenti nima degan, savolga javob topishga harakat qilaylik. Sistemani analiz qilishda
ionlar murakkab aralashmadan
ayrim-ayrim xolda emas, balki gruppa-gruppa qilib ajratiladi,
bunda ularni gruppa reagenti deb ataluvchi ba’zi riaktivlar ta’siriga
bir xil munosabatda
bo’lishidan foydalaniladi.
Gruppa reagenti quyidagi talablarga javob beradigan:
1. U kationlarni amaliy to’liq cho’ktirish kerak.
2.Keyingi analizlarni o’tkazish uchun hosil bo’lgan cho’kma kislotalarda oson
eriydigan bo’lishi kerak.
3.Ortiqcha qo’shilgan reagent eritmada qolgan ionlarni topishga xalal bermasligi
kerak. Bunday talablarga hamma reagentlar ham javob bera olmaydi. Masalan: II-analitik gruppa
kationlari : Ba
2+
, Sr
2+
, Ca
2+
ga SO
4
2—
sulfat ioni 2 sababga ko’ra gruppa reagenti bo’la olmaydi.