4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
Nefelometriya usulida biror elementni aniqlash maqsadida tekshirilayotgan eritmaga 
maxsus reaktiv eritmasidan qo’shib loyqa hosil qilinadi. Tekshirilayotgan eritmaning loyqalanish 
intensivligi standart eritmaning loyqalanish intensivligi bilan solishtiriladi. Bunda probirkalardan, 
silindrlardan yoki maxsus asbob— nefelometr va fotonefelometrlardan foydalaniladi. Bu 
asboblarda eritmaning loyqalanish intensivligini o’lchashda fotoelementdan foydalaniladi. 
Fotoelementga tekshirilayotgan loyqa eritmadagi zarrachalar tomonidan sochilgan nur tushadi. 
Zarrachalar konsentrasiyasi qancha ko’p bo’lsa, sochilgan nur intensivlngi shuncha yuqori bo’ladi. 
Nefelometriya ham kolorimetriya singari aniqlanayotgan modda konsentrasiyasi 
tekshirilayotgan eritmaga qaraganda kam bo’lgan xollarda qo’llaniladi. 
 
Turbidimetriya usulida tekshirilayotgan rangsiz loyqa eritmada yutilgan nurning 
intensivligi o’lchanadi. Analizni bajarish tartibi rangli eritmalarning intensivligi kolorimetriya 
usuli bo’yicha o’lchash singari bajariladi. 
 
Alanga fotometriyasi usuli moddani alangaga tutish bilan qo’zg’algan holda uning 
atomlari chiqaradigan nurlanishni o’lchashga asoslangan. Alanga fotometriyasi spektral 
analizning yangi usullaridan biridir. 
Tekshirilayotgan eritma siqilgan havo yoki kislorod yordamida gaz (vodorodli yoki asetilenli) 
gorelkasini rangsiz alangasiga kam-kam miqdorda purkaladi. Agar eritma tarkibida oson 
qo’zg’aluvchan elementlarning ionlari mavjud bo’lsa, alangada o’sha elementga xos nurlanish 
paydo bo’ladi va natijada alanga bo’yaladi. Nurlanish intensivligi eritma tarkibidagi aniqlanadigan 
elementning konsentrasiyasiga to’g’ri proporsionaldir. 
Chiqayotgan nurlanish intensivligi eritmadagi aniqlanuvchi elementning (ma’lum intervaldagi) 
konsentrasiyasiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Asosiy vazifa ayni element uchun xos bo’lgan 
nurning to’lqin uzunligini topish va uning nurlanish intensivligini o’lchashdan iborat. Bu ishni 
bajarishda maxsus asbob alanga fotometridan foydalaniladi. Alanga fotometri ma’lum to’lqin 
uzunligidagi nurlanish intensivligini o’lchashga asoslangan. Shuning uchun har bir aniqlashda 
faqat bitta elementning miqdorini aniqlash mumkin. 
Alanga fotometriyasi usulini asosan ishqoriy va ishqoriy-er metallar (Li, Na, K, Rb, Cs, Mg, Ca, 
Sr, Ba) ning miqdorini aniqlashda qo’llash yaxshi natijalar beradi

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling