4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Potensiometrik analiz usulida
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Potensiometrik analiz usulida elektrodlar yuzasida hosil bo’ladigan elektr yurituvchi kuchni kuchaytirib beruvchi maxsus lampa bilan jihozlangan qurilmalardan foydalaniladi. Sanoatda lampali potensiometr LP-5 ishlab chiqariladi va vodorod ionlarining konsentrasiyasini o’lchashda, potensiometrix titrlashda, oksidlanish-qaytarilish potensiali qiymatini o’lchashda undan foydalanish mumkin. Potensiometriya usuli yordamida indikatorlar qo’llash yo’li bilan aniqlash mumkin bo’lmagan (loyqa, rangli) eritmalarning kislotaligi (pH ni aniqlash mumkin. Polyarografik analiz usuli ham tekshirilayotgan eritmani elektroliz qilishga asoslangan. Bunda polyarografdan foydalaniladi. Polyarograflar avtomatik ravishda volьt-amper bog’lanishinn chiza oladi. U kuchlanishning ko’tarilishi bilan diffuzion tok kuchining o’zgarishidan iborat bog’lanishni ifodalaydi. Ana shu bog’lanish xarakteriga ko’ra eritmada kationlarning mavjudligi va ularning miqdori haqida xulosa chiqariladi. Polyarografiya usuli, yuqorida eslatib o’tilgan maqsadlardan tashqari eritmalapHi titrlash jarayonnida ekvivalent nuqtani aniqlashda ham qo’llaniladi. Bu usul 1922 yilda chex olimi Ya. Geyrovskiy tomonidan taklif etilgan. Polyarografiya usulining boshqa usullarga nisbatan ba’zi bir qulayliklari mavjud. Birinchidan, analiz tez bajariladi va usulning sezgirlik darajasi juda yuqori. Ikkinchidan, analiz natijasi to’la ishonchli bo’ladi, chunki analizda o’ta sezgir gal`vano-metrlardan foydalaniladi. Uchinchidan, ayrim ionlarni boshqa ionlar ishtirokida aniqlash mumkin, ya’ni ionlarni bir-biridan ajratishdek murakkab va ko’p vaqt talab etuvchi jarayonlar bo’lmaydi. Texnikada tarkibida 0,001% metall bo’lgan namunalar 1% ga yaqin aniqlik bilan topilishi mumkin. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementni (yoki moddani) elektroliz yordamida elektrod yuzasida cho’ktirishga asoslangan. Bunda elektrod yuzasi tozalanadi va uning massasi o’lchanadi, so’ng tekshirilayotgan eritmaga tushiriladi, elektrodlarga o’zgarmas tok beriladi, elektroliz tugagandan so’ng elektrodning massasi yana aniqlanadi. Elektrod massalarining farqidan foydalanib, eritmadagi element (yoki modda) miqdori to’g’risida xulosa chiqariladi. Elektr toki bunda cho’ktiruvchi «reaktiv» vazifasini o’taydi. Cho’kish elektrodlardan bittasida ro’y beradi. Elektrodlarda metallar (masalan, Cu, Ag, Au, Ni, Cr va hokazo), oksidlar (masalan, RbO 2 ) va kam eruvchan tuzlar (masalan, AgCl) cho’kishi mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling