4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


d) Fil`trlash va cho`kmani yuvish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
d) Fil`trlash va cho`kmani yuvish  Hosil qilingan cho’kma fil`trlash yo’li bilan eritmadan 
ajratiladi, cho’kma tarkibida asosiy moddadan tashqari qo’shimchalar ham bo’lishi mumkin.  
Fil`trlash jarayoni to’g’ri bajarilsa analiz natijasida xato kam bo’ladi. Fil`trlash kulsiz fil`trlarda 
amalga oshiriladi. Bunday fil`trlar kuydirilganda juda oz kul hosil bo’ladi, uni hisobga olmasa ham 
bo’ladi. Bunday fil`trlar tayyorlashda ularga HCl va HF bilan ishlov beriladi, ko’pchilik mineral 
moddalar bu kislotalarda erib fil`trdan chiqib ketadi. Fil`tr kulining massasi fil`tr o’ralgan 
qog’ozga yozib qo’yiladi. Agar kulning massasi 0,0002 g dan ortiq bo’lsa, u fil`tr bilan o’rab 
qizdirilgan cho’kma massasidan ayirib tashlanadi. 
Sanoatda diametri 6, 7, 9 va 11 sm, zichligi ham turlicha bo’lgan kulsiz fil`tr qog’ozlar 
ishlab chiqarilmoqda. Fil`trlar zichligini farqlash uchun ular zichligiga mos ravishda turli rangdagi 
qog’ozlar bilan o’ralgan bo’ladi. 
Qora (yoki qizil) lenta bilan o’ralgan fil`trlar. Ularning zichligi eng kam, Shuning uchun 
cho’kmali eritma tez fil`trlanadi. Amorf cho’kmalar masalan, Fe(OH)
3
, Al(OH)
3
va boshqa 
gidroksidlarning cho’kmalari ana shunday fil`trlar yordamida ajratiladi. 
Oqlenta bilan o’ralgan fil`trlar o’rtacha zichlikka ega. Ular kristall cho’kmalar uchun 
mo’ljallangan. 
Ko’k lenta bilan o’ralgan fil`trlar eng zich bo’lib, ular mayda kristallardan iborat 
cho’kmalarni masalan, BaSO
4
, CaC
2
O

va boshqalarni fil`trlash uchun qo’llaniladi
Fil`trlashni boshlashdan oldin cho’kma miqdoriga qarab tegishli o’lcham va zichlikdagi 
fil`tr tanlanadi. Cho’kma fil`trning yarmidan kam hajmni egallaydigan bo’lishi kerak, aks holda 
cho’kmani yuvishda qiyin bo’ladi. Fil`tr buklanadi va burchagi 60° C bo’lgan voronkaga solinadi. 
Fil`tr bilan voronka devorlari oracida havo qolmasligi kerak. Fil`tr voronka chetidan 5 mm pastda 
turishi lozim. Voronkaning fil`tr yuqorisidagi devorlari quruq bo’lishi kerak. Fil`tr voronkaga 
to’g’ri qo’yilgan bo’lsa, u distillangan suv bilan to’ldirilganda suv tez oqib tushadi; aks holda 
fil`trni almashtirish kerak. Ba’zan shisha voronka o’rniga chinnidan yasalgan va ichiga qog’oz 
fil`tr joylashtiriladigan Byuxner voronkasidan foydalaniladi. Byuxner voronkasida fil`trlashni 
tezlashtirish maqsadida uni vakuumli sistemaga ulash mumkin. 
Fil`trli voronka shtativ halqasiga o’rnatiladi va uning tagiga fil`tratni yig’ish uchun stakan 
qo’yiladi. Voronka uchining qiya tomoni stakan devoriga tegib turishi kerak. Fil`trlashdan oldin 


cho’kmali stakanning tumshug’iga tashqi tomonidan ozgina vazelin surtiladi, shunday qilinganda 
fil`trlanadigai suyuqlik stakan devoridan tashqariga oqib tushmaydi. 
Cho’kma ustidagi tiniq suyuqlik ehtiyotlik bilan fil`trga quyiladi, bunda idish tubidagi 
cho’kmani loyqalatmaslikka harakat qilinadi. 
Cho’kma ustidagi suyuklikning qariyb hammasi quyilgandan so’ng, stakanda qolgan 
cho’kma dekantasiya yo’li bilan yuviladi. Buning uchun cho’kmaga yuvgichdan ozroq suv quyib, 
cho’kma tayoqcha yordamida chayqatib loyqalantiriladi va yana tindirish uchun qoldiriladi. 
So’ngra cho’kma ustidagi tindirilgan suyuqlik ehtiyotlik bilan qaytadan fil`trga quyiladi. 
Cho’kma suvda sezilarli darajada eruvchan bo’lsa, uning eruvchanligini kamaytirish uchun 
yuvgichdagi suyuqlikka cho’ktiruvchi ionli eritmadan ozroq qo’shiladi. So’ngra cho’kma 
yuviladi. Yuvilgan cho’kma fil`trga o’tkaziladi. Buning uchun cho’kmani ozroq miqdor chayindi 
suyuqlik bilan aralashtirib, loyqalantiriladi va shisha tayoqcha yordamida asta-seknn fil`trga 
o’tkaziladi. Stakan devorlarida qolgan zarrachalar yuvgich va shisha tayoqcha yordamida yuvib 
tushiriladi. 
Cho’kma toza suv bilan yuvilganda uning bir qismi yo’qolishi mumkin. Bu kolloid 
eritmalar hosil bo’lishi yoki gidroliz tufayli bo’lishi mumkin. Cho’kmaning eruvchanligini 
kamaytirish maqsadida tarkibida cho’ktiruvchi ion bo’lgan elektrolit-koagulyator qo’shilgan suv 
bilan yuviladi. Masalan, CaC
2
O
4
cho’kmasi suvda sezidarli darajada eriydi, Shuning uchun 
cho’kmani yuvishda cho’ktiruvchi reaktiz (NH
4
)
2
C
2
O
4
ning suyultirilgan eritmasidan 
foydalaniladi. Fe(OH)

va A1(OH)
3
 cho’kmalarm kolloid eritmalar xocil qiladi, buning oldini olish 
maqsadida cho’kmalar elektrolit-koagulyator NH
4
NO
3
qo’shilgan suv bilan yuviladn. cho’kmasini 
distillangan suv bilan yuvsa ham bo’ladi, chunki BaSO

suvda amalda erimaydi va 
gidrolizlanmaydi. 
Cho’kma 4-5 marta yuvilgandan so’ng uning to’liq yuvilganligi tekshirib ko’riladi. Buning 
uchun voronkadan o’tgan fil`tratning 5-6 tomchisi probirkaga yig’iladi va unga cho’kma tarkibida 
bo’lishi mumkin bo’lgan begona ion bilan xarakterli reaksiya beradigan reaktiv eritmasidan 5-6 
tomchi tomiziladi. Masalan, BaSO

cho’kmasi tarkibida C1
-
(xlorid) ionlarini to’liq yuvilganligini 
tekshirib ko’rish uchun fil`tratdan 1—2 ml olib, uning muhiti HNO
3
yordamida kislotali muhitga 
keltirilib, AgNO
3
eritmasidan tomiziladi. Fil`tratda oq loyqa hosil bo’lmasligi cho’kma 
tozalanganligining alomatidir. 
Cho’kmani dekantasiyalab fil`trga o’tkazishda va uni yuvishda diqqat bilan ishlash zarur. 
Suyuqlikning bir tomchisini ham yo’qotmaslik kerak, chunki u bilan birga cho’kma ham qisman 
yo’qolishi mumkin. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling