4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


e) cho`kmani quritish va qizdirish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
e) cho`kmani quritish va qizdirish Fil`trlangan va yuvilgan cho’kma nam bo’lsa, uni 
quritish va qizdirish kerak. Ana shundan so’ng tarkibi qat’iy formulaga to’g’ri keladigan modda 
olinadi. 
 
Cho’kmani quritish. Cho’kma yuvilgandan keyin suvining silqib tushishi uchun fil`tr bir 
oz qoldiriladi. Quritishda fil`trga chang tushmasligi uchun voronka ustiga fil`tr qog’oz
yopib, 
qog’ozning chetlari voronka atrofiga qayirib qo’yiladi. 
Ana shundan so’ng cho’kmali voronka 20-30 minut davomida quritish shkafiga qo’yiladi. 
Quritish shkafining temperaturasi 95-105
0
C atrofida saqlanishi kerak. Cho’kmali fil`trni quritishni 
cho’kma bilan fil`tr bir oz namroq bo’lganda tugallash kerak. Fil`trni kuydirish keyingi 
mashg’ulotda bajariladigan bo’lsa, uni (quritish shkafida emas) xona haroratida quritish mumkin. 
Navbatdagi vazifa keyingi ish uchun tigelni yuvib, qizdirib, 25-30 minut davomida mufel pechida 
qizdirib, so’ngra eksikatorda xona temperaturasiga qadar sovitib analizga tayyorlashdan iborat. 


Tigelni tayyorlash ishlari cho’kmani cho’ktirish, fil`trlash va yuvish ishlari bilan parallel ravishda 
bajariladi. 
Eksikatordagi tigel xona temleraturasiga qadar sovigandan so’ng analitik tarozida tortiladi. 
Shundan so’ng tigel yana qizdiriladi, sovitiladi va massasi aniqlanadi. Bu operasiya tigelning 
massasi o’zgarmay qolguncha (oxirgi ikki marta tortish orasidagi farq 0,0002 g dan oshmasligi 
kerak) takrorlanadi. Tigelni tigel kisqich bilan ushlash kerak.
 
Cho’kmani qizdirish. Quritilgan cho’kma tarkibida kristallizasion suv bo’lishi mumkin. 
Uni cho’kmani qattiq qizdirib chiqarib yuborish mumkin. Bundan tashqari modda qattiq 
qizdirilganda u kimyoviy parchalanishi mumkin. Masalan, Ca
2+
ionlarini ammoniy oksalat 
yordamida cho’ktirish yo’li bilan hosil qilingan CaC
2
O
4

H
2
O kalьsiy oksalat cho’kmasi 
quritilganda kristallizasion suvini yo’qotadi: 
CaC
2
O
4
• H
2
O →
CaC
2
O
4
+ H
2

U kuchsiz qizdirilganda kalsiy karbonat va uglerod (II)-oksidga parchalanadi: 
CaC
2
O


CO↑ + CaCO
3
Va nihoyat kuchli qizdirilganda CaCO
3
ham parchalanib, kalsiy oksid va karbonat angidrid hosil 
bo’ladi: 
Tarozida tortilgan kalsiy oksidning massasidan analiz natijasi hisoblanadi. Cho’kmani 
qizdirish temperaturasi, muddati va texnikasi xilma-xil bo’lishi mumkin. 
1. Cho’kmani fil`trdan ajratmasdan qizdirish. Agar qizdirish natijasida hosil bo’ladigan 
fil`tr kuli bilan cho’kma orasida o’zaro ta’sir mavjud bo’lmasa, ushbu usuldan foydalaniladi. 
Masalan, A1
2
O
3
, CaO oksidlarning cho’kmalarini fil`tr bilan birgalikda qizdirish mumkin. 
Bunda cho’kmali fil`tr voronkadan ehtiyotlik bilan olinadi, fil`tr qog’oz cho’kma o’raladigan qilib 
buklanadi va tayyorlab qo’yilgan tigelga ehtiyotli bilan to’kmasdan solinadi. Voronkada cho’kma 
yuqlari qolsa, ularni kulsiz nam fil`tr bilan olib, tigelga solinadi. 
Cho’kmali tigelni chinni uchburchaklikka joylashtirib, shtativ halqasiga o’rnatiladi va tigel 
gorelkaning kuchsiz alangasida ehtiyotlik bilan qizdiriladi, so’ngra mufelь pechga qo’yiladi va 
muayyan temperaturada 25-30 minut davomida qizdiriladi. Shundan so’ng tigelь eksikatorda 
sovitiladi va batamom sovigandan keyin tarozida tortiladi. Tigelni qizdirish takrorlanadi, sovitiladi 
va yana tortiladi. Bu prosess tigelь doimiy massaga kelguncha davom ettiriladi. 
2. Cho’kmani fil`trdan ajratib qizdirish. Agar qizdirish natijasida hosil bo’ladigan fil`tr kuli 
bilan cho’kma o’zaro ta’sirlashadigan bo’lsa, cho’kma fil`trdan ajratib qizdiriladi. Masalan, 
kumush xlorid cho’kmasi ko’mir ishtirokida erkin kumushgacha qaytariladi. Shuning uchun 
AgCl cho’kmasini fil`tr bilan birga qizdirib bo’lmaydi. 
Bunday cho’kmalarni ajratishda ichiga g’ovak shisha plastinka o’rnatilgan shisha 
voronkalar yoki fil`trlovchi tigellardan foydalangan ma’qul. Bunda cho’kmali shisha tigelni 
qizdirmasdan doimiy massagacha quritiladi. Albatta, fil`trlovchi tigel oldindan ayni 
temperaturada, doimiy massaga kelguncha qo’yilgan bo’lishi kerak. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling