4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


H 2 O yoki soda  Na 2 CO 3


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

.
10H
2
O yoki soda 
Na
2
CO
3
.
10H
2
O, ishqorlar titrini aniqlashda esa oksalat kislota H
2
C
2
O
4
.
2H
2
O yoki qahrabo kislota 
H
2
C
4
H
4
O
6
ishlatiladi. 
Neytrallash reaksiyalarida titrlash jarayonida vodorod ionlarining konsentrasiyasi, ya’ni 
pH asta-sekin o’zgaradi. Indikatorlar yordamida neytrallash reaksiyasining ekvivalentlik nuqtasini 
aniqlash mumkin. So’ngra sarflangan ishchi eritmaning miqdori va uning normalligiga ko’ra 
tekshirilayotgan eritmadagi aniqlanayotgan birikmaning miqdorini hisoblab topish mumkin. 
Masalan, xlorid kislota eritmasining titrini aniqlash uchun pipetka bilan konsentrasiya si ma’lum 
bo’lgan NaOH eritmasidan aniq hajmda (masalan 20 ml) o’lchab olinadi va konussimon kolbaga 
quyiladi. So’ngra unga 1-2 tomchi indikator eritmasidan qo’shiladi. Byuretkaga konsentraiiyasini 
aniqlash zarur bo’lgan xlorid kislota eritmasi to’ldiriladi. So’ngra byuretkadan to ekvivalentlik 
holatiga erishilguncha asta-sekin tomchilatib HCl eritmasi quyiladi. Shundan keyin NaOH ishchi 
eritmaning ma’lum xajmini neytrallash uchun ketgan HCl eritmasi miqdori bo’yicha xlorid kislota 
eritmasining noma’lum konsentrasiyasi hisoblab topiladi. 
Hajmiy analizning neytrallash usulida asosan metiloranj, metil qizil, lakmus va fenolftalein 
indikatorlari nisbatan ko’proq ishlatiladi. Ularning eritmadagi xususiyatlarini V. Ostval`d 
tomonidan 1894 yilda taklif etilgan indikatorlarning ionlanish nazariyasi yordamida tushuntirish 
mumkin.
Neytrallanish reaksiyalari borganda qandaydir tashqi belgilar(effektlar) kuzatilmaydi. 
Shuning uchun ekvivalent nuqtani aniqlashda munosib indikator tanlash zarur.Indikator to‘g‘ri 
tanlanmasa analiz natijalarida o‘ta xatoliklar kuzatilishi mumkin. 
Indikatorlar eritmaning pH qiymati o‘zgarishiga bog‘liq holda rangini o‘zgartiradi, 
Shuning uchun ular pH indikatorlar deyiladi. Indikator sifatida ishlatiladigan moddalar ma’lum
talablarga kerak, ya’ni: 
-indikator rangi yaxshi seziladigan bo‘lishi kerak; 
- indikator rangi pH ning kichik oralig‘ida keskin o‘zgarishi kerak; 
-rangning o‘zgarishi qaytar bo‘lishi kerak. 
Kislota-asosli titrlash metodining indikatorlarining rangi pH qiymatining ma’lum 
oralig‘ida o‘zgarishi kerak.Ammo bu jarayon XIX asrning oxirigacha tushunarsiz bo‘lib keldi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling