4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “rang tashuvchi” – xromofor
↔ Ind
- +H 2 O Odatda indikatorlar bir rangli va ikki rangli indikatorlarga bo‘lib o‘rganiladi. Faqat bir rangli shaklga ega bo‘lgan indikatorlar bir rangli indikatorlar hisoblanadi, masalan, fenolftalein, ikki xil rangli shaklga ega bo‘lgan indikatorlar ikki rangli indikatorlar hisoblanadi, masalan, lakmus, metil zarg‘aldog‘i, metil qizil va boshqalar. Indikatorlarning ion nazariyasi ularning rangini eritmaga kiritilgan H + va OH- ionlari ta’sirida o‘zgarish mexanizmi bilan ishonarli tushuntiriladi. Lekin bu nazariya organik moddalarning tuzilishini ularning rangiga ta’siri to‘g‘risidagi tasavvurni ochib bera olmaydi. Shuning uchun organik birikmalarning rangi, ularning molekulalarida “rang tashuvchi” – xromofor deb ataluvchi atomlar guruhi bo‘lishiga bog‘liq. Masalan, xromoforlar sifatida ma’lum ketma-ketlikda joylashgan karbonil gruppa > 𝐶 = 𝑂, nitrozoguruh HO-N= ga o‘tishi mumkin bo‘lgan nitroguruh O=N-, gidrozoguruhga aylanishi mumkin bo‘lgan azoguruh -N=N-, xinoid guruhiga aylana oladigan benzoy guruhi va boshqa guruhlar bo‘lishi mumkin. Eritma muhitining o‘zgarishi jarayonida xromofor guruhining qayta guruhlanishi kuzatiladi, ya’ni ularning ichki tuzilishining o‘zgarishi bo‘lib, indikatorning rangi o‘zgaradi. Bu jarayon 1 rangli va 2 rangli indikatorlarda turlicha kuzatiladi. 1 rangli indikatorlarda rangning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi xromofor guruhining hosil bo‘lishi yoki yo‘qolishi bilan tushuntiriladi. 2 rangli indikatorlarda esa rang o‘zgarishiga sabab, bir xromofor guruhning boshqasiga qayta guruhlanishidir. Atomlarning qayta guruhlanishi qaytar hodisa bo‘lib, u tautomer izomeriya degan nom bilan yuritiladi. Masalan, suvdagi eritmalarda metil zarg‘aldog‘i pushti rangda, pH<3,1 bo‘lganda qizil, pH>4,4 dan katta bo‘lganda sariq rangga o‘tadi. Indikator azogruppasidagi azotga kislotaning vodorod H + kationini birikishi tufayli qizil rangli ion hosil bo‘ladi. Indikator eritmasiga asta-sekin ishqor qo‘shilsa, uning rangi pushtidan sariq rangga o‘tadi. Shuni aytish kerakki, kislota-asosli Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling