4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Tortma analizdagi xatolar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
Tortma analizdagi xatolar.Tekshirilayotgan modda tarkibidagi elementlarni aniqlash 
jarayonni birin-ketin bajariladigan bir qancha bosqichdan iborat, bunda namuna ajratib olishda 
tortimni tarozida tortishda cho’ktirish yoki fil`trlashda yoki cho’kmani yuvishda xatoliklarga yo’l 
qo’yish mumkin. Bunday xatoliklar doimiy va tasodifiy bo’lishi mumkin. 
Doimiy xatolar qo’llaniladigan analiz usuli bilan bog’liq sabablar bilan tushuntiriladi. 
Shuning uchun ular avvaldan hisobga olinadi va hisoblash paytida formulaga tuzatish kiritiladi 
yoki xatolikni chetlab o’tish choralari ko’riladi. Doimiy xatolarning ayrim turlari bilan tanishib 
chiqamiz. 


Barcha xatolar miqdoriy reaksiyaning to’liq amalga oshmasligi, cho’kmaning qisman 
erishi yoki uning qizdirilishi jarayonnida sodir bo’ladigan kamchiliklar tufayli vujudga keladi. 
Bunday xatolar usulik xatolar deyiladi va ularni tugatish juda qiyin. 
Operativ xatolar analiz o’tkazayotgan talabaning mahoratiga va analitik operasiyalarning 
qanchalik diqqat bilan bajarilganligiga bog’liq. Bunday xatolar cho’kmani etarli darajada 
yuvmaslikda yoki haddan tashqari ko’p yuvish, cho’kmani normadan ortiq temperaturada 
qizdirish, temperaturasi xona temperaturasiga tenglashib ulgurmagan cho’kmani tarozida tortish 
oqibatida kelib chikadi. Analiz o’tkazishda op rasiyalarni to’g’ri va puxta bajarib operativ 
xatolarni kamaytirish mumkin. 
Doimiy xatolarning sabablaridan biri tarozilarning nosozligi va reaktivlarning 
ifloslanganligi bo’lishi mumkin. 
Tasodifiy xatolarning sabablarini oldindan bilib bo’lmaydi. Ularning vujudga kelishiga 
quritish shkafi yoki mufel pech temperaturasining keskin o’zgarishi, tekshirilayotgan eritmaga yot 
qo’shilmalarning tasodifan tushishi kabilar sabab bo’ladi. Tasodifiy xatolarning oldini olish yoki 
analiz natijasiga ko’rsatuvchi ta’sirini kamaytirish maqsadida ikkita parallel analiz o’tkaziladi. 
Bunda bir-biriga yaqin natijalar olinadi va ularning o’rtacha arifmetik qiymati analiz natijasi 
sifatida qabul qilinadi. 
Miqdoriy analizda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar absolyut va nisbiy xatolarga 
ajratiladi. 
Absolyut xato analiz natijasida elementning topilgan miqdori bilan tekshirilayotgan modda 
tarkibidagi elementning haqiqiy miqdori orasidagi farqni ifodalaydi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling