4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Kristall va amorf moddalarning cho’kish sharoitlari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amorf moddalarning cho’ktirilishi
Kristall va amorf moddalarning cho’kish sharoitlari
Cho’ktirish sharoitlari Erishiladigan natija Kristall moddalarning cho’ktirilishi 1. Cho’ktirishni etarli darajada suyultirilgan tekshirilayotgan modda va cho’ktiruvchi reaktiv eritmalaridan foydalanib o’tkazish kerak. 1. Cho’kmaning hosil bo’lishi sekinlashadi, ya’ni yirik kristallar hosil bo’lishi uchun sharoit yaratiladi, qo’shimchalarning birgalashib cho’kishi kamayadi. 2. Reaktiv eritmasini asta-sekin tomchilab qo’shish kerak, bunda tekshirilayotgan eritma shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. 2. Qo’shilgan reaktiv tomchisi tekshirilayotgan eritma hajmida suyultiriladi. 3.Cho’ktirishda tekshirilayot-gan modda va reaktiv eritmalari bir oz isitilgan bo’lishi kerak. 3. Temperatura ortganda cho’kma hosil bo’lishi sekinlashadi va yirik kristallar hosil bo’lishi uchun sharoit yaratiladi. Amorf moddalarning cho’ktirilishi 1. Cho’ktirish muvofiq elektrolit-koagulyator ishtirokida o’tkaziladi. 1. Peptizasiyaning vujudga kelishiga yo’l qo’yilmaydi. 2. Cho’ktirishni tekshirilayotgan modda va reaktiv eritmalarini issiq holatida o’tkazish kerak. 2. Peptizasiyaning vujudga kelishiga yo’l qo’yilmaydi. 3. Cho’ktirish tekshirilayotgan modda va reaktiviing konsentrlangan eritmalaridan foydalanib o’tkaziladi. 3. Eritmaning hajmi kichik bo’ladi. Shunga muvofiq cho’kma hajmi kichik bo’ladi. Amorf cho’kmalarni fil`trlamasdan uzoq qoldirib bo’lmaydi, chunki cho’kma zichlashib, o’z hajmini kichraytiradi va keyingi tozalash bilan bog’liq bo’lgan yuvish jarayonnini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari cho’kma o’z sirtig’a eritmadan turli qo’shimchalapHi adsorbsiyalashi, ya’ni ifloslanshsh ham mumkin. Bu sabablarga ko’ra amorf cho’kma hosil qilingandan so’ng, u bir necha minut tinch qoldiriladi, so’ng fil`trlanadi. Amorf yoki kristall cho’kmalar hosil bo’lgandan so’ng, ularni fil`trlab ajratishdan oldin moddaning to’liq cho’kkanligini aniqlash zarur. Cho’kma ustidagi eritma tiniq bo’lgandan keyin cho’kmani loyqalamay, stakan devori bo’ylab asta-sekin 2-3 tomchi cho’ktiruvchi reaktiv eritmasi tomiziladi. Tomchi tushayotgan joyda eritma loyqalanmasa modda to’liq cho’kkan bo’ladi. Aks holda eritmaga yana ,bir necha millilitr cho’ktiruvchi reaktiv eritmasi qo’shiladi, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi, yana qizdiriladi va cho’kma etiltirish uchun qoldiriladi. Moddaning to’liq cho’kkanligi fil`trlashdan oldin ham tekshiriladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling