4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
b) Tortim miqdorini tanlash
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
b) Tortim miqdorini tanlash. Tortim analiz uchun kerakli modda miqdoridir. Tortim miqdori qancha ko’p bo’lsa, elementning nisbiy aniqlanish darajasi shuncha ishonchli bo’ladi. Ammo tortim miqdorining ko’p bo’lishining salbiy tomonlari ham bor, ya’ni cho’ktirish jarayonida hosil qilingan cho’kmani fil`trlash qiyinlashadi, uni yuvish yoki qizdirish uchun ko’p vaqt ketadi. Aksincha, tortim miqdori kam bo’lsa, namunani tarozida tortishda va boshka operasiyalarda yo’l qo’yiladigan kichik chetlanish sezilarli xatolikka olib keladi. Shunday qilib, tortim miqdori analiz davomidagi cho’ktirish jarayonnida hosil bo’ladigan cho’kma miqdoriga qarab tanlanadi. Masalan, diametri 7 sm li qog’oz fil`trdan foydalanib kristall holatdagi 0,5 g BaSO 4 ni osongina fil`trlash mumkin. Ammo shuncha miqdordagi Fe(OH) 3 , Al(OH) 3 ning yoki H 2 SiO 3* n H 2 O silikat kislotaning amorf, iviq cho’kmalari bilan ishlash qiyin. Amorf cho’kmalarning massasi 0,1-0,3 g atrofida, cho’kma kristall bo’lsa uning massasi 0,5 g ga yaqin bo’lishi kerak. Ana Shuning uchun ham hosil bo’ladigan cho’kmaning va aniqlanayotgan elementning taxminiy miqdorini hisobga olgan holda tortim massasi belgilab olinadi. Tortim miqdori hisoblab chiqilgach, modda dastlab texno-kimyoviy tarozida, so’ngra analitik tarozida tortiladi. Bunda avval bo’sh byuksning (yoki soat oynasining), so’ngra modda solingan byuksning massasi aniqlanadi va ikkala natija ayirmasidan moddaning massasi topiladi yoki avval modda solingan byuksni tarozida tortib, so’ngra ichidagi moddani boshqa stakanga solib, byuks yana tortiladi va ikkala natija ayirmasidan tortim massasi aniqlanadi. v)Tekshirilayotgan modda tortimini eritish . Agar tekshirilayotgan modda suvda eruvchan bo’lsa, byuks yoki soat oynasidagi modda tortimi 200—300 ml sig’imli stakanga solinadi va imkoni boricha ozroq miqdor distillangan suvda eritiladi. Tez-roq erisin uchun stakandagi modda stakan og’zini soat oynasi bilan berkitgan holda, seqin qizdiriladi. Stakandagi aralashmani qattiq qaynatishga yo’l qo’ymaslik uchun asta-syokin qizdiriladi. Tekshirilayotgan modda suvda erimaydigan bo’lsa uni kislotada (sirka, xlorid, nitrad, sulfat kislotalarda) yoki zar suvida (1 hajm HNO 3 va 3 hajm HCl) eritiladi. Tortimni eritish uchun qanday kislota olish kerakligi eritiladigan modda bilan kislotaning o’zaro ta’cirlashuviga ko’ra belgilanadi. Masalan, ohaktoshni eritish uchun sulfat kislota emas, xlorid kislota olish kerak, aks holda kam eruvchan CaSO 4 hosil bo’ladi. Tortimni eritish uchun mos erituvchi tanlashning iloji bo’lmasa modda NaOH, Na 2 CO 3 yoki K 2 CO 3 bilan birga suyuqlantiriladi. So’ngra hosil bo’lgan qotishma distillangan suvda eritiladi. Eritmadagi ortiqcha kislota neytrallanadi, analizga xalal beruvchi ionlar yo’qotiladi va hokazo. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling