4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
Xromatografiya modda aralashmalarini ularni tashkil etuvchi komponentlarga 
ajratishning fizika-kimyoviy usuli bo’lib, u adsorbent (yutuvchi)larning turli moddalarni tanlab 
adsorblashiga asoslangan. 
 
Adsorbsiya usuli rus olimi M.S. Svet tomonidan 1903 yilda kashf etilgan. Xromatografik 
usullar organik va anorganik moddalarning miqdoriy analizida, Shuningdek ximiya sanoatida keng 
qo’llaniladi. 


 
Xromatografik analiz usullaridan adsorbsion, ion almashinish, taqsimlanish va 
cho’ktirish xromatografiyalari laboratoriyalarda miqdoriy analiz o’tkazishda keng qo’llanilmoqda. 
Adsorbsion xromatografiya bir yoki bir necha moddaning eritmalaridan molekulalararo 
kuchlar ta’sirida ayrim ionlarning tanlab adsorbsiyalanishiga asoslangan. Analiz qilinayotgan 
eritma xromatografik kolonkadan — mayda adsorbent donalari bilan to’ldirilgan shisha naydan 
o’tkaziladi. Kolonkaning pastki qismi iigichka va unda shisha jo’mrak yoki qisqichli rezina nay 
bo’ladi. Analizda byuretkadan yoki maxsus xromatografik kolonkalardan foydalanish mumkin. 
Rangsiz adsorbentli kolonkadan adsorbilanadigan moddaning rangli eritmasi o’tkazilganda shisha 
naycha ichidagi adsorbent ustunida xromatogramma hosil qiladigan rangli qavatlar paydo bo’ladi. 
Analiz qilinayotgan eritmada u yoki bu ionlarning borligi to’g’risida shu xromatogramma 
asosida fikr yuritiladi. 
Adsorbentlar sifatida aktivlangan ko’mir, ishqoriy-er metallarining, Shuningdek magniy, 
alyuminiy va shu singari metallarning oksidlari va gidroksidlari, silikagel kabilar ishlatiladi. 
Adsorbsion xromatografiya asosan eritmalar holida dissosilanmaydigan modda (ya’ni 
elektrolitmas) larni, bug’lar va gazlarni ajratish uchun qo’llaniladi. Masalan, CaCO
3
dan adsorbent 
sifatida foydalanilganda benzol tarkibidagi eritma holidagi o’simlik pigmentlarini bir-biridan 
ajratish mumkin. 
 
Taqsimlash xromatografiyasi erigan moddaning o’zaro aralashmaydigan ikki fazasi 
orasida taqsimlanishi hodisasiga asoslangan. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling