4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Atom-absorbsion usul ham o’z mohiyatiga ko’ra alanga fotometriyasi usuliga o’xshaydi. Tarkibida aniqlanishi kerak bo’lgan element bor eritma purkagich orqali aerozol holida alangaga kiritiladi. Alanga fotometriyasida tekshirilayotgan element chiqarayotgan nurlanish intensivligi o’lchansa, atom absorbsion usulda aniqlanayotgan element atomlari tomonidan yutilayotgan nurlanish intensivligi o’lchanadi. Nurning yutilish darajasi 99% ga yaqin bo’lganligi uchun atom absorbsion usulning sezgirlik darajasi ancha yuqori bo’lib, bu jihatdan u alanga fotometriyasidan ustun turadi. Bu usul alangada erkin atomlar holida mavjud bo’ladigan elementlar miqdorini aniqlash uchun qo’llanilishi mumkin. Analizlarni «Spektr-1» priborida o’tkazish mumkin. Lyuminessent analiz ul`trabinafsha nurlar ta’sirida tekshirilayotgan eritmadagi moddadan chiqayotgan nurlanishni tekshirishga asoslangan. Ul`trabinafsha nurlar chiqaruvchi manba sifatida simobli kvars lampadan foydalaniladi. Lyuminessensiya hodisasi barcha moddalar uchun xarakterli emas, ammo maxsus reaktivlar bilan qayta ishlangandan so’ng ko’pgina moddalarda nur chiqarish xususiyati paydo bo’ladi. Bu hodisa xemilyuminessensiya deyiladi. Lyuminessent analiz usuli moddaning juda kam miqdori (10 -10 va hatto 10 -13 g) ni ham aniqlash imkonini beradi. Emission spektral analiz usuli. Moddalarning emission spektrini o’rganishga asoslangan. Analiz qilinayotgan modda namunasi gaz gorelkasida (≈2000-3000° C), elektr yoyda (≈5000- 7000 0 C) yoki yuqori kuchlanishli uchqunda (≈7000-15000°C) yoqiladi. Bunda tekshirilayotgan modda bug’lanadi va o’zini tashkil etuvchi atomlar yoki ionlarga dissosilanadi. Atomlar yoki ionlar ko’zg’algan holatga o’tadi va emission spektr hosil qiladi. Har xil rangdagi spektr chiziqlarning hosil bo’lishi kuzatiladi (chunki qizdirilgan moddalar uchun tutash spektr hosil bo’lmay, chiziqli spektr hosil bo’ladi). To’lqin uzunligi va tebranish chastotasi ma’lum qiymatga ega bo’lgan nurdan foydalanilganda chiziqli spektrda aniqlanayotgan element uchun xarakterli bo’lgan doimiy chiziqlar paydo bo’ladi. Ana shu chiziqlarga qarab tekshirilayotgan modda tarkibida aniqlanayotgan elementning bor-yo’qligi haqida xulosa chiqariladi. Spektrda hosil bo’lgan chiziqlarning intensivligini o’lchab tekshirilayotgan modda tarkibiga kiruvchi elementlar miqdori aniqlanadi. Aniqlanayotgan elementning konsentraspyasi qancha katta bo’lsa, spektral chiziqlarning intensivligi shuncha kuchli bo’ladi. Emission spektral analizning ikki turi mavjud: birinchisi miqdoriy, ikkinchisi yarim miqdoriy, ular o’lchash darajasining aniqligi bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi tipdagi maqsadlar uchun stilometrlardan, ikkinchi tipdagi analizlarda bir qator soddaroq bo’lgan stiloskoplardan foydalaniladi. Ammo har ikkala holda ham asboblarda xosil bo’luvchi spektrlar vizual kuzatila oladi. Spektrlar fotoqog’ozlarga ham tushirilishi mumkin, bu hol spektrograflarda amalga oshiriladi. fotoqog’oz yoki fotoplastinkadagi spektral chiziqlarning qorayish darajasi aniqlanayotgan elementning tekshirilayotgan modda tarkibidagi konsentrasiyasiga to’g’ri proporsionaldir. Modda tarkibidagi elementlarning miqdorini aniqlashda graduirovkalangan grafiklardan foydalaniladi (bunday grafiklar etalon namunalarning spektr chiziqlari intensivligini o’lchash yo’li bilan chizib olingan bo’ladi). Emission spektral analiz murakkab birikmalarning tarkibini aniqlash imkonmni beradi. Undan metallurgiya sanoatida, geologik va astrofizik izlanishlarda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling