Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi:
1) tortma (gravimetrik) analiz; 2) hajmiy (titrimetrik) analiz; 3) gaz analizi.
TORTMA ANALIZ. Bu usul juda qadimdan ma’lum va u etarli darajada aniq natijalar
beradi, lekin uni bajarish uchun ko’p vaqt ketadi. Analiz quyidagi tartibda bajariladi.
Tekshirilayotgan modda namunasi analitik tarozida tortiladi, so’ngra namuna eritmaga o’tkaziladi,
zaruriy komponent (miqdori aniqlanishi kerak bo’lgan element ioni) kam eruvchan va aniq tarkibli
birikma holida cho’ktiriladi, cho’kmani fil`trlab eritmadan ajratiladi. Cho’kma doimiy massaga
kelguncha quritiladi va analitik tarozida tortiladi. Cho’kmaning massasini bilgan holda zaruriy
komponentning proseng miqdori hisoblab topiladi. Masalan, sul`fatlar tarkibidagi SO
2
4
–sul`fat-
ioni miqdorini aniqlash uchun sulьfatlar aralashmasidan olingan namuna analitik tarozida tortiladi,
namuna eritmaga o’tkaziladi va eritmaga BaCl
2
eritmasidan tomizib SO
2
4
–ionlari BaSO
4
holida
to’liq cho’ktiriladi, BaSO
4
ning analitik tarozida aniklangan massasiga ko’ra SO
2
4
– ionining
prosent miqdori hisoblab topiladi.
HAJMIY ANALIZ. Klassik usullardan biri hisoblangan hajmiy analiz reaksiyaga
kirishayotgan eritmalar hajmini o’lchashga asoslangan. Ulardan birining konsentrasiyasi ma’lum
bo’lib, ikkinchi eritmaning konsentrasiyasi titrlash asosida hisoblanadi. Hajmiy analizda tarkibi
tekshirilayotgan eritmaga reaktiv eritmasidan ekvivalent miqdorda quyiladi. Ularning
ekvivalentlik nuqtasi indikatorlar yordamida yoki boshqa usulda aniqlanadi. Masalan, sarflangan
aniq konsentrasiyali ishqor eritmasining hajmini bilgan holda tekshirilayotgan eritmadagi kislota
konsentrasiyasini hisoblab topish mumkin. Ularning ekvivalentlik nuqtasi indikator (masalan,
fenolftalein) yordamida aniqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |