4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Ba 2+ ionlarini  K 2 Cr 2 O 7 bilan cho’ktirish uchun рН = 4-5 bo’lishi kerak.  3


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

2. Ba
2+
ionlarini 
K
2
Cr
2
O
7
bilan cho’ktirish uchun рН = 4-5 bo’lishi kerak. 
3. Ko’pchilik kationlarning organik reativlar bilan birikmalari ma’lum bir рН da hosil bo’ladi. 
Eritmaning рН ini deyarli doimiy o’zgartirmay ushlab turish uchun bufer eritmalar 
ishlatiladi. Shuninh uchun analitik kimyoda har xil reaksiyalar o`tkazishda bufer eritmalar bilan
ishlash qulay hisoblanadi. 
Kuchsiz kislota va uni tuzi aralashmasiga oz miqdorda kuchli kislota yoki ishqo qo’shilsa, 
pH o’zgarishi boshqacha bo’ladi, ya’ni 0,1 m bo’lgan CH
3
COONa aralashmasining 1 litriga 0,01 
mol HCI qo’shilsa, eritmadagi H
+
ionlarini konsentrasiyasi ko’p ortmaydi, chunki bu ionlar erkin 
holatda qolmasdan, darhol tuzning CH
3
COO
-
ionlari bilan bog’lanib, ionlanmagan CH
3
COOH 
molekulasiga aylanadi.Shuning uchun eritmani pH i 4,76 gacha o’zgarishi mumkin. Agar berilgan 
eritma, masalan, 100 marta suyultirilsa, bunda CH
3
COOH ning konsentrasiyasi kamayib 
ketganligi sababli H
+
ionlarining konsentrasiyasi ham juda kamayib ketadi.
Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, eritmani suyultirish bilan kislota va tuz 
konsentrasiyalarininig nisbati deyarli o’zgarmaydi. Shuning uchun pH ning qiymati deyarli 
o’zgarmay qoladi. 
Demak eritma kuchsiz kislota va uning tuzi aralashmasining bo’lishi, eritmaning pH i 
o’zgartiradigan xar qanday faktorlarning ta’sirini kamaytirib undagi H
+
ionlarining 
konsentrasiyasi ma’lum miqdorda saqlab turadi. Bunday aralashmalar regulyatorlar yoki bufer 
aralashmalar deyiladi. 
NH
4
OH + NH
4
Cl ammiakli aralashma. 
CH
3
COOH + CH
3
COONa asetatli aralashma. 
Bufer aralashmaning pH ni amalda doimiy saqlab turish xususiyati ularning ayrim 
komponentlari eritmaga kiritilgan ( yoki reaksiya natijasida xosil bo’lgan) kislota yoki asoslarning 
H
+
yoki OH

ionlarini o’ziga bog’lab olishga asoslangan. Uning chegarasi esa aralashmadagi 
komponentlarning konsentrasiyasiga bog’liq. Masalan, 0,1 moldan ortiq HCl yoki NaOH 
qo’shilsa, har holda 2 eritmaning ham pH i keskin o’zgaradi. Chunki undagi NH
4
OH H

yoki OH

ionlari bog’lashga etmaydi, natijada eritmaga qo’shilgan ishqor yoki kislota ortib qoladi, bu esa 
pH ni keskin o’zgartirib yuboradi. Bufer aralashmalardan analitik ximiyada keng foydalaniladi. 
Bufer aralashmalaridan foydalanilganda ularning bufer sig’imini hisobga olish kerak. Ho’sh, bu 
bufer sig’imi nima? Har qanday bufer aralashma faqat ma’lum 1 miqdordagi kislota yoki ishqor 


qo’shilganda pH ning doimiyligini saqlab turadi, ya’ni ma’lum bufer sig’imiga ega bo’ladi. Bufer 
eritmaning pH ko’pi bilan bir birlikka o’zgarishi uchun qo’shish mumkin bo’lgan muayyan 
konsentrasiyali kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi.
Tarkibida bir xil konsentrasiyali kuchsiz kislotali va kuchsiz asosdan iborat tuz bo’lgan 
eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi. Bufer aralashmaning sig’imi ancha kichik 
bo’lgandagina eritma pH ning amaldagi doimiyligi saqlanadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling