4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Indikator tarkibida HJnd yoki JndOH formulalari bilan ifodalash mumkin
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Indikator tarkibida HJnd yoki JndOH formulalari bilan ifodalash mumkin.
Indikatorning dissosialanish darajasi uning rangi bo’yicha eritmadagi kislota yoki asosning konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi. Indikator rangining o’zgarishi uchun zarur bo’lgan pH lar sohasi indikatorning o’zgarish intervali deyiladi. Indikatorlarga ta’rif (ko’p ishlatiladigani) N Indikatorning nomi O’zgarish Intervali Tabiati Kislotali muhitdagi rangi Ishqoriy muhitdagi rangi 1. Metiloranj 3.1- 4.4 asos qizil sariq 2. Lakmus 5.0 – 8.0 kislota qizil ko’k 3. Fenolftalein 8.0 - 10 kislota rangsiz to’q qizil 4. Indigokarmin 11.6- 14 kislota zangori sariq 5. Alizarin sariq 10.2- 12 kislota sariq qizil Demak, fenolftalein ishqorlar ta’sirida qizil rangli, kislotalar ta’sirida esa rangsiz bo’lishi kerak. Eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilganda eritmaning i рН o’zgaradi, ko’rib chiqilayotgan indikatorlar rangining o’zgarishi shunga bog’liqdir. Tekshiriladigan eritmaning har xil indikatorlarga (yoki ular eritmasi shimdirilgan qog’ozga) ta’sirini solishtirib, uning рН ini taxminan (sifat analiziga etarli darajada aniqlik bilan) topish qiyin emas. Biror elektrolitning to’yinmagan eritmasini to’yingan va hatto o’ta to’yingan eritmaga aylantirish mumkin. Buning uchun unga tarkibida shu eritmadagi biror ion bilan bir ismli ionni bor elektrolit qo’shish kerak. Masalan, AgCl ning to’yingan eritmasiga oz-ozdan HCl yoki KCl qo’shsak, dastlab E.K. (ya’ni 25 o da 1.78·10 -16 )dan kam bo’lgan ionlar ko’paytmasi asta-sekin unga tenglashadi va nixoyat undan ortib ketadi. Shunga muvofiq, to’yinmagan eritma to’yingan eritmaga va bundan keyin esa o’ta to’yingan eritmaga aylanadi. Demak, qiyin eriydigan elektrolitlarning eruvchanligi, ularning eritmasiga tarkibida shu eritmadagi ionlarning biri bilan bir ismli ioni bor birorta kuchli elektrolit kiritishi bilan kamayadi. Agan AgCl o’rnida ko’proq eriydigan tuz, masalan, KClO 3 tuzini olsak u holda bir ismli ion ta’siri yanada yaqqol ko’rinadi. Agar KClO 3 ning to’yingan eritmasiga KCl yoki NaClO 3 ning konsentrlangan eritmasini to’xtovsiz aralashtirib turgan holda oz-ozdan qo’shsak, bir ozdan so’ng oq kristall cho’kma KClO 3 hosil bo’ladi. Shunday qilib, E.K. qoidasiga ko’ra, KClO 3 ning eruvchanligi toza suvdagiga qaraganda KCl yoki NaClO 3 qo’shilganda ancha kamayadi. Bu hodisani shunga o’xshash boshqa hollarda ham kuzatish mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling