4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Eng ko’p ishlatiladigan bufer aralashmalar quyidagilar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

Eng ko’p ishlatiladigan bufer aralashmalar quyidagilar: 

Aralashmaning tarkibi 
Moddaning tarkibi 
pH 
1. 
Asetatli 
CH
3
COOH + CH
3
COONa 
4,8 
2. 
Ammoniyli 
NH
4
OH + NH
4
CI 
9,2 
3. 
Formiatli 
HCOOH + HCOONa 
Chumoli natriy 
kislota formiat 
3,8 
4.
Benzoatli 
C
6
H
5
COOH + C
6
H
5
COONa 
4,2 
5. 
Fosfatli 
NaH
2
PO
4
+ Na
2
HPO
4
6,6 
Bufer aralashmalarning pH ni amalda doimiy saqlab turish xususiyati ularning ayrim 
komponentlari eritmaga kiritilgan (yoki reaksiya natijasida hosil bo’lgan) kislota yoki asoslarning 
H
+
yoki OH
-
ionlarini o’ziga bog’lab olishiga asoslangandir. 
Bufer aralashmalarning bu xususiyati cheksiz emas, uning chegarasi aralashmadagi 
komponentlarning konsentrasiyasiga bog’liq. Masalan, agar 0,1 n. ammoniyli bufer aralashmaning 
1 litriga (ya’ni konsentrasiyalari 0,1 n. dan bo’lgan NH
4
OH + NH
4
CI aralashmasiga) 0,1 moldan 
ortiq HCI yoki NaOH qo’shilsa, har ikki holda ham eritmaning pH i keskin o’zgaradi.Chunki 
undagi NH
4
OH yoki NH
4
CI H
+
yoki OH
-
ionlarini o’ziga bog’lashga etmaydi. Bunda eritmaga
qo’shilgan kuchli kislota yoki ishqor ortib qoladi. Bu esa pH ning keskin o’zgartirib yuboradi. 
Demak, yuqoridagi fikrlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: 
1.Har qanday buferli aralashma faqat ma’lum bir miqdordagina kislota yoki ishqor 
qo’shilguncha pH ning doimiyligini saqlab turadi, ya’ni bufer sig’imiga ega bo’ladi.Bufer 
eritmaning pHi ko’pi bilan bir birlikkacha o’zgarishi uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan 
muayyan konsentrasiyali kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi. 
2.Tarkibida bir xil konsentrasiyali kuchsiz kislota va uning tuzi yoki kuchsiz asos va uning 
tuzi bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi. 
3.Buferli aralashmadagi komponentlarning konsentrasiyasi qancha yuqori bo’lsa, 
eritmaning bufer sig’imi shuncha katta bo’ladi. 
4.Bufer eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilgan sari eritmaning pH o’zgarishiga turg’unligi 
kamayib boradi. 
Ko’pchilik analitik reaksiyalarni bajarishda muhitning pH i katta ahamiyatga ega bo’lgani uchun 
analiz jarayonida uni ko’pincha uni tajribada aniqlashga to’g’ri keladi. pH ni aniqlashning xilma-
xil usullari bor. Sifat analizida asosan kalorimetrik usuldan foydalaniladi. Bu usul vodorod 
ionlarining konsentrasiyasiga bog’liq holda o’z rangini o’zgartiradigan reagentlar ishlatishga 
asoslangan. Muhitning kislotali yoki ishqoriyligi sifat jihatdan odatdagi indikatorlarga bog’liq 
bo’ladi. Rangi H

ionlarining konsentrasiyasiga qarab o’zgaradigan moddalar indikatorlar 
deyiladi. (indikator so’zi lotincha “indico”ko’rsataman so’zidan olingan.) 
V.Ostvald taklif qilgan nazariya bo’yicha , indikator kuchsiz kislota bo’lib, uning ionlari 
bir xil rangda dissosialanmagan bo’ladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling