4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Spektral analiz usulining kimyoviy analiz usullaridan afzalligi shundaki birinchidan, emixion analizning sezgirlik darajasi yuqori bo’lib tekshirilayotgan modda tarkibida aniqlanayotgan element juda kam miqdorda bo’lganda ham aniq natijalar olish mumkin; ikkinchidan spektral analizda murakkab tarkibli moddalar kimyoviy analizdagi singari aloxida komponentlarga ajratilmaydi, balki bir qancha elementlar o’zaro ishtirok etayotgan holatda ham ayrim elementlar yuqori darajada aniqlik bilan topilishi mumkin; uchinchidan emission spektral analiz yordamida juda qisqa vaqt ichida tekshirilayotgan modda tarkibi haqida ma’lumot olish mumkin; to’rtinchidan analizni bajarish uchun juda kam miqdorda modda sarflanadi. Emission spektral analiz usulini 1859 yilda nemis olimlaridan Bunzen va Kirxgoflar yaratgan. Ular bu usulni qo’llab, seziy va rubidiy elementlarini kashf etishdi. Shundan so’ng bu usul bilan ko’pgina kimyoviy elementlar kashf etildi. Potensiometrik usul eritmaga tushirilgan elektrodda vujudga keladigan potensialni o’lchashga asoslangan. Potensialning kattaligi eritmadagi ionlar konsentrasiyasiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Masalan, mis elektrodning potensiali kattaligi u tushirilgan mis (II)- sulьfat eritmasidagi mis (II) ionlarining konsentrasiyasiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Ana shu bog’lanish boshqa metallar va ularning eritmalari orasida ham mavjud va u yordamida eritmadagi ionlar konsentrasiyasini aniqlash mumkin. Bunda metall elektrod tarkibidagi tuz konsentrasiyasi noma’lum eritmaga tushiriladi va elektrodda paydo bo’lgan potensial o’lchanadi. Ionlar konsentrasiyasini aniqlashda indikator elektrodining potensialidan foydalannladi. Indikator elektrodining potensiali qiymatini aniqlashda solishtirma elektrodlardan foydalaniladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling