4-mavzu. Sosoniylar davlati, Arab xalifaligi, Xitoy va Hindiston Reja


Al-Xiroj - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan; Al-Xatim


Download 37.48 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi37.48 Kb.
#1164936
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Sosoniylar davlati, Arab xalifaligi, Xitoy va Hindiston-2

Al-Xiroj - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan;
Al-Xatim – xalifa kotibiyati hisoblangan, yashirin politsiya funksiyasini ham bajargan;
Al-Rasoil - pochta va aloqa devoni bo‘lgan. U pochtalarni va davlat yuklarini yetkazib bergan. Yo‘llarni, karvon-saroylarni, quduqlarni qurilishiga rahbarlik qilgan;
Al-Mustaqilot - harbiylarni hisobga olish, armiyani ta'minlab turish vazifasini bajargan.
3. Ilk o’rta asrlarda Xitoy. Xitoyda 184 yilgi «Sariq ro’mollilar» qo’zg’oloni mamlakatni ich-ichidan yemirgan. Ichki urushlar sobiq imperiyani 3 lashkarboshi tomonidan bo'lib olinishi bilan yakunlangan. Xitoyda uch podsholik davri boshlangan.
VI asrning ikkinchi yarmida Turk hoqonligi hujumi xavfi paydo bo'ldi. Bunday sharoitda butun mamlakatni birlashtirish zarurati yuzaga keldi.
Shimoldagi davlatlardan biri Chjou birlashuv markaziga aylandi. 581 yili shimol lashkarboshisi Yan Szyan Suy sulolasining imperatori deb e'lon qilindi (581-618). Siyosiy va iqtisodiy vaziyat ulkan mamlakatni harbiy yo'l bilan birlashtirishni taqozo etardi.
Yangi sulolaning tashkil topishi Xitoy tarixi oqimini keskin burib yubordi. 4 asrlik qarama-qarshilik tugadi. Birlik va markazlashuv davri boshlandi. Iqtisodiy va madaniy rivojlanish boshlandi. Yangi hokimiyat soliqlarni ozaytirib, tartibga soldi, tuz va vino monopoliyasini bekor qildi, yangi tanga zarb etdi, o'lchov va standartni bir shaklga soldi.
Yan Szyan 604 yili o'z o'g'li Yan Guan tomonidan o'ldirildi. Yan Guan iqtisodiy va siyosiy markazilashuv tizimini davom ettirdi, poytaxtni va 10 ming boy oilani Loyanga ko'chirdi. Aloqani kuchaytirish maqsadida Xuanxe, Yantszi, dengiz suv yo'li vujudga keltirildi. Buyuk kanal shimol va janub iqtisodini bog'ladi. Buyuk Xitoy devori mustahkamlandi. Aholini ro’yxatga oldi. Soliq ko'paytirildi, barshchina muddati uzaytirildi. Oqibatda 610 yili xalq qo'zg'oloni ko'tarildi.
Qo'zg'olonchilar Dou Szyandeni hukmdor deb e`lon qildilar. Bundan norozi bo'lgan yirik feodallar isyon ko'tarildi. Bu vaqtda Koreyaga qilingan yurish ham muvaffaqiyatsiz chiqqan edi. Janubga qochgan Yan Guan o'ldirildi. Mamlakatda tartibsizlik boshlandi. Shansi hukmdori Li Yuan Chan'anni egallab, imperatorga aylandi va yangi Tan sulolasiga asos soldi (618-907).
Eski qarzlar bekor qilndi, davlat barshinasi muddati qisqartirildi, qullikka sotilgan dehqonlar ozod etildi, feodallarning dehqonlarni o’ldirishi ta'qiqlandi. Ochlarga yordam berildi, suv bosishga qarshi kurashildi. Savdogarlarga homiylik qilindi. Qo'zg'olonchilar avf etildi, lekin qo'zg'olon markazlari yo’qotildi, Dou Szyandeni qatl etildi. Li Yunning o'g'li Li Shimin (627-649) davrida Tan davlati yanada kuchaydi.
IV-V asrlardagi urushlar va hujumlar davrida Xitoyning deyarli barcha shaxarlari talangan va yondirilgan. Qadimiy poytaxtlar Chan'an va Loyan xarobazorga aylantirilgan. Xitoy janubidagi shahar hayoti qishloqnikidan farq qilmasdi.
VI asrga kelibgina shahar hayoti va shahrsozlik qayta tiklandi. Shaharlar chegara qasrlari savdo markazlari sifatida xom-ashyo bor, joylarda daryo bo'ylari, dengiz qirg'oqlarida paydo bo'ldi. O'rta asr dunyosining yirik shahri - Chan'an juda rejali qurilganligi bilan ajralib turardi. Uning sharqiy qismida imperator saroyi va aristokratiya xonadonlari joylashgan.
XII asr boshlarida dengiz qirg'oi va Buyuk kanal bo'yicha Xanchjou qurildi, Shimolda Kayfin paydo bo'ldi. Chendu, Chengjou, Suchjou yirik savdo-hunar markazlariga aylandi. Guanjou, Syuanjou, Uchan kabi port shaharlar kengaytirildi.
Shaharlar harbiy-mudofaa, ma'muriy, iqtisodiy, madaniy funktsiyalarni bajargan. 3 yuqori darajadagi amaldorlardan tashqari kishilarning kechasi ko'chalarda yurishi ta'qiqlangan. Otliq qorovullar, shaharlar devori va to'siqlardan oshib o'tganlar 70 darra yeganlar.
Ilk o'rta asr huquqida shaharliklar uchun alohida normalar bo'lmagan. Suy va Tan imperiyalari davrida tog' sanoati va metal eritish sanoati paydo bo'ldi. Szyansida sopol va chinni markazi, Yanchjouda kemasozlik markazi shakllandi. Chendu shoyilari buyuk ipak yo'li orqali dunyoga tarqalgan.
Hunarmand buyurtmaga qarab ishlar, ortiqchasini bozorda sotardi. Monastirlar huzurida ham ustaxonalar bo'lgan. Bir soha hunarmandlari bir ko'cha yoki mahallada yashagan. Bozxorda bir joyda alohida qator xonda mahsulot sotishgan. VI asrda uning asosida savdo-hunar birlashmalari tarkib topdi - tuan va xan (Yevropada sex - XI-XII asr) ba'zi xanlarga 400 gacha oila kirgan. VI-VII asrlarda yozilgan ustavlari ham yo'q edi. Xanni oqsoqollar boshqargan. Xanlar shogird qabuli, ish vaqtini belgilaganlar, kasb sirlarini saqlaganlar, lekin xazina nazoratida bo'lib mahsulot bahosini belgilay olmaganlar.
VII asrning choy uchun alohida soliq solingan, kontrabanda shoyini sotgan savdogar 3 marta qo'lga tushirilsa o'ldirilgan.
Feodallashuv sharoitida Xitoyda qadimgi despozitsiyalar shakldagi davlat tashkiloti vujudga keldi. Jamiyatning sotsial tabaqalashuvi esa murakkab iyerarxiyani tug'dirdi.
Hamma davlat vassali edi (Yevropada “Vassalimning vassali, mening vassalim emas” tamoyili mavjud edi). Har bir tabaqa o'z urf-odatlari etiketi, kiyimi, bezaklari va uyga egadir. Ba'zan eng yuqori aristokratiya tarkibiga xizmatiga qarab aristokrat bo'lmagan ham kiritilardi. Xitoyda mayorat (merosning katta o'g'liga qolishi) hukm surmagan, shu sababli yer tobora parchalanib ketaverdi, u oliy tabaqadagilar o'zaro janjallariga sabab bo'lardi.
Davlat apparatining muhim funksiyalaridan biri 3 bosqichda imtihonlarni tashkil etishi edi. Mahalliy ma'muriyat boshliqlari sinovni boshlab berganlar. Poytaxtdagi imtihonlar imperator saroyida o'tkazilgan. Oqibatda barcha xizmatchilar savodliligi ta'minlangan. Oliy darajadagi olimlik belgisi dastlabki 3 darajadagi mansabni egallash huquqini bergan.
Imtihon tizimi amaldorlarning dunyoqarashi va sadoqatini aniqlash imkonini ham bergan. Uning nazariy asosi imperatorga barcha huquqlarni bergan konfutsiylik imperiya boshqaruvi haddan tashqari detallashtirilgan (iyerarxiya, subordinatsiya).
Saroy va Samo o'g'liga qarshi kichkinagina harakat ham qattiq jazoga duchor bo'lgan. Kodeks davlat etikasi normalarini oila etikasidan ko'chirib olgan. Eng og'ir jinoyat –padarkushlik. Amaldorlar gunoh qilsa kaltak yeyishni istamasa, darajasi pasaytirilgan. Amaldorlar bilan qarindoshlik ba'zi imtiyozlarni bergan.
Dehqonlar harbiy xizmatga chaqirilgan, o'qitilgan. Har bir viloyat va okrug ma'lum sondagi kishilarni armiyaga bergan. Imperator saroyi va poytaxt gvardiyachilar tomonidan qo'riqlangan.
Hukmron tabaqa tashqi markazlashuvini mamlakatda ichki pozitsiyalarni mustahkamlash manbai deb hisoblagan. Diplomatiya ham shu maqsad uchun xizmat qilgan: qabilalarni bir-biriga qarshi gij-gijlash, qabila ichida janjal chiqarish, qabila boshliqlariga unvon va mukofotlar berish, sulolaviy nikoh, hukmron urug’lar o'g'illarini faxriy garovda tutish (saroyda). Bu usullar Turk hoqonligi bilan munosabatlarda yaqqol namoyon bo'lgan. Dastlabki Tan imperatorlari hoqonlikka o'lpon to'lab turganlar.
628-630 yillarda turklarga qarshi yurish uyushtirilgan, undan so'ng uyg'urlarga qarshi ko'p yillik urush boshlangan. 657 yili ular yordamida, 679 yili bo'lsa Sharqiy hoqonlik ko'magida G’arbiy Turk hoqonligiga hal qiluvchi zarba berilgan.
Tan garnizonlari Buyuk ipak yo'li bo'ylab Urumchigacha joylashgan edi. Shu yo'l orqali karvonlari va elchilari kelardi. 648 yili qirg'izlarning elchilari kelgan. Xitoyning O'rta Osiyoga kirib borishiga Sosoniylar imperiyasining parchalanishi yaxshi imkoniyat yaratgan. So'ngi Sosoniylar shohi Yazdigard II Xitoydan ko'mak so'ragan.
Tanlar davrida Koreyaga qarshi yurishlar bo’lib turgan. 645 yili Pxenyanni olishga urinilgan. 650 yili 130 ming kishilik armiya Pekcheni majaqladi. 663 yili xitoyliklar Silla davlati bilan ittifoqda Pekchega ko'makka kelgan yapon flotini yengib, urushga so'nggi nuqta qo'ydilar. Koguryo va Pekche yerlari 9 gubernyaga bo'linib, rasmiy jihatdan Xitoyga qo'shib olingan.
Shundan so'ng koreys xalqi Silla davlati boshchiligida ozodlik harakati boshagan, xonlar chekingan. Aynan shunday tadbir Kidan va moxelarga nisbatan qo'llangan.
698 yili yangi Boxay davlati e'lon qilingach, Tan sulolasi uni Sillaga qarshi gij-gijlaganlar. 705 va 713 yil Baxoy va Tan savdo aloqalari o'rnatilgan. 607 yili Yaponiya bilan rasmiy munosabatlar o'rnatilgan. Xitoy floti Tayvan va Ryukyu orollariga yurish qilgan. Bu orollarga keyinroq elchilar yuborilgan.
Xitoy dunyoning asosiy bosh davlati hisoblangan. Imperatorga dunyo bo'ysunishi lozim deb hisoblangan. Elchilar sovg'asini o'lpon deb hisoblaganlar. U davlat esa Xitoy vassallari deb e'lon qilingan. Lekin u davlatlar o'zlarini Xitoy bilan teng huquqli deb hisoblaganlar. Elchilarga Xitoy kiyimini berilgan uni kiyish bo'yisunishi ramzi deb hisoblangan. Vizantiya imperatori, arab xalifasi elchilari kelgan.

Download 37.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling