4-Mavzu: tekislikda to`G`ri burchakli koordinatalar sistemasi


Download 71.5 Kb.
Sana01.11.2021
Hajmi71.5 Kb.
#170073
Bog'liq
4-mav,Tekis koordinata sis



4-Mavzu: TEKISLIKDA TO`G`RI BURCHAKLI koordinatalar sistemasi

Darsdan maqsad:

Ta’limiy: O‘quvchilarni tekislikdagi to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy:

-         o’quvhilarda jamoa fikrini hurmat qilish ko’nikmasini shakllantirish;

-         o’quvchilarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash.



Rivojlantiruvchi:

-         o’quvchilarni fanga munosabatini shakllantirish;

-         o’quvchilarda erkin fikrlash qobiliyatini o’stirish.
O‘quvchilar ega bo‘lishlari lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar:

Bilimlar:

-      To’g’ri burchakli koordinatalar sistemasini bilish.



Ko‘nikmalar:

-      To’g’ri burchakli koordinatalar sistemasida berilgan nuqtaning o’rnini topa olish.

Dars uslubi: aqliy hujum, bahs-munozara usulida.

Dars turi: aralash

Dars jixozi: 8-sinf algebra darsligi, elektron darslik, doska, tarqatma

material, uslubiy qo’llanma, dars konspekti,slaytlar.

Dars tuzilishi:

  1. tashkiliy qism – 2 daq

  2. o’tilgan mavzuni takrorlash – 3 daq

  3. yangi mavzuni yoritish – 15 daq

  1. mavzuni mustahkamlash – 15 daq

  2. Savol-javob o’tkazish - 5 daq

  3. uyga vazifa berish – 3 daq

  4. darsni yakunlsh – 2 daq.

Tashkiliy qism:

  • salomlashish;

  • davomatni aniqlash;

  • tozalikni tekshirish.


Asosiy qism:

Tekislikda ikkita o`zaro perpendikular to`g`ri chiziq o`tkazamiz: biri — gorizontal, ikkinchisi — vertikal (1- rasm).

 Ularning kesishish nuqtasini O  harfi bilan belgilaymiz. Shu to`g`ri chiziqlarda yo`nalishlar tanlaymiz: gorizontal to`g`ri chiziqda chapdan o`ngga, vertikal to`g`ri chiziqda pastdan yuqoriga. Har bir to`g`ri chiziqda bir xil uzunlik birligini ajratamiz.



Abssissalar o`qida musbat sonlar O  nuqtadan o`ngda joylashgan nuqtalar bilan, manfiy sonlar esa O  nuqtadan chapda joylashgan nuqtalar bilan tasvirlanadi. Ordinatalar o`qida musbat sonlar O  nuqtadan yuqorida joylashgan nuqtalar bilan, manfiy sonlar esa O  nuqtadan pastda joylashgan nuqtalar bilan tasvirlanadi.

Nuqtalarning koordinatalarini yozishda, sonlarning tartibi muhim ahamiyatga ega. Masalan, M1 (1; 2) va  M2 (2; 1) nuqtalar tekislikdagi har xil nuqtalardir

MASHQLAR:

1. Nuqtaning abssissasi va ordinatasini ayting hamda shu nuqtani yasang:

(1; 0), (4; 0), (0; -2), (-6; 0), (0; -7), (0; 0).



2. 6- rasm bo`yicha A, B, C, D, E, F nuqtalarning koordinatalarini toping.

3. Nuqtalarni yasang:

  1) A (3; 4), B (2; -5), C (-2; 5), E (-6; -2), F (3; -0,5), K (3; 0), M (0; 1,5), N (-3,5; 3,5), L();

 2) A (-1,5; 2,5), B (-2,5; 1,5), C (; 1), F (2; -2), M (0; 2,5).

4. Quyidagi nuqtalardan o`tuvchi to`g`ri chiziqni yasang: 
        1) A (3; -2) va B (-2; 2); 2) M (2; 0) va N (0; -2).

5. Oxirlarining koordinatalari: 1) A (3; 4), B (-6; 5); 2) M (0; -5), N (4; 0) bo`lgan kesmani yasang.

6. Oxirlarining koordinatalari: 1) A (3; 4), B (-6; 4); 2) P (-5; 2), Q (2; 7) bo`lgan kesmani yasang.

7. Uchlarining koordinatalari: 1) K (-2; 2), M (3; 2), N (-1; 0); 2) A (0; -1), B (0; 5), C (4; 0) bo`lgan uchburchakni yasang.

8. Uchlarining koordinatalari: A (-2; 0), B (-2; 3), C (0; 3), O (0; 0) bo`lgan to`g`ri to`rtburchakni yasang

SAVOLLAR:


1. Tekislikda qanday joylashgan to`gri chiziqqa absissalar o`qi deyiladi?

 

2. Tekislikda qanday joylashgan to`gri chiziqqa ordinatalar o`qi deyiladi?



 

         3. Tog`ri burchakli koordinatalar sistemasi qanday tashkil qilinadi?

 

        4. Tekislikdagi to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi qaysi olim nomi bilan ataladi?



 

         5. Kordinatalar tekisligining har bir M nuqtasiga nechta sonlar jufti mos keladi?


Uyga vazifa: 8 - misol.
Dars yakuni…


Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling