4-mavzu. Tekislikdagi kuchlar sistemasi. Reja
Bir tekislikda yotuvchi bir necha jismdan tashkil topgan
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu Ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3+3(n-1)=3n
6.
Bir tekislikda yotuvchi bir necha jismdan tashkil topgan sistemaning muvozanati. Bir tekislikda yotuvchi, bir - birlari bilan bog‘langan, bir necha jismdan tashkil topgan sistemaning muvozanatini o‘rganamiz. Buning uchun sistemaga ta’sir etuvchi kuchlarni tashqi va ichki kuchlarga ajratamiz: sistemaga kirmagan jismlarning unga ko‘rsatadigan ta’siri tashqi kuchlar, sistemani tashkil qilgan jismlarning bir-birlariga ko‘rsatadigan ta’sir kuchlari ichki kuchlar deyiladi. Ichki kuchlar, Nyutonning uchinchi qonuniga ko‘ra, juft-juft ravishda miqdor jihatdan teng, yo‘nalishi jihatdan qarama-qarshi bo‘ladi. Bir tekislikda yotuvchi, bir necha jismdan tashkil topgan sistemaning muvozanatini quyidagi ikki usulda o‘rganish mumkin: 1) Bir tekislikda yotuvchi n – ta jismdan tashkil topgan sistema uchun tekislikdagi kuchlar sistemasining uchta muvozanat tenglamalari tuziladi. Bu tenglamalarda ichki kuchlar qatnashmaydi. Sistemadagi barcha noma’lumlarni aniqlash uchun bu shartlar yetishmaydi. Shuning uchun, n-1 ta jism alohida ajratib olinadi va ularning har biri uchun uchtadan muvozanat tenglamalari tuziladi. Natijada tuzilgan muvozanat tenglamalari soni 3+3(n-1)=3n ta bo‘ladi. 11 Bunda, sistemadan ajratib olingan biror jismning muvozanati o‘rganilayotganda, bu jismga sistemani tashkil etuvchi boshqa jismlarning ta’siri kuchlar bilan almashtiriladi. Sistema uchun bu kuchlar ichki kuchlar hisoblanadi, lekin ajratib olingan jism uchun tashqi kuchlar qatoriga kiradi. Tuzilgan muvozanat tenglamalarini yechib, barcha noma’lumlar aniqlanadi. 2) Bir tekislikda yotuvchi n ta jismdan tashkil topgan sistemaning muvozanatini o‘rganish maqsadida, har bir jism alohida ajratib olinadi va ular uchun uchtadan muvozanat tenglamalari tuziladi. Natijada, 3n ta muvozanat tenglamalari hosil bo‘ladi. Tenglamalarni yechib, barcha noma’lumlar aniqlanadi. Tuzilgan tenglamalarda ichki kuchlar qatnashadi, lekin ular ajratib olingan jismlar uchun tashqi kuchlar qatoriga kiradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling