4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja
Download 487 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galogen minerallar
- Sof minerallar
Karbonatli minerallar
Karbonatlar orasida azurit, ankerit, aragonit, dolomit, kalsit, magnezit, malaxit, rodoxrozit, siderit, smitsonit, serussit keng tarqalgan. Karbonatlar karbon kislotasining tuzlari hisoblanadi, cho‘kindi va metamorfik jinslarda jins hosil qiluvchi mineral sifatida keng tarqalgan. Karbonatlar kristall strukturasining asosi bo‘lib yassi kompleks anionlar xizmat qiladi va ular bir-biri bilan bog‘lanib zanjirli, qatlamli yoki karkasli strukturalar hosil qilishi mumkin (28-rasm). Ularning kristall panjaralarida mineralning erishi vaqtida ham parchalanmaydigan mustaqil elementlar qatnashadi. Eng ko‘p tarqalgani kalsit, magnezit, dolomit, natrit hisoblanadi. Galogen minerallar Galogenidlarga galit, karnallit, kriolit, silvin, flyuorit va boshqalar kiradi. Galogenidlar sinfida galogenvodorodli kislotalar: HF, HC1, NVr tuzi sifatidagi taxminan 100 ta mineral mavjud. Ularning orasida eng keng tarqalganlari galit NaCl, silvin KS1 va flyuorit CaF 2 hisoblanadi. Jins hosil qiluvchi minerallar sifatida galogenidlar uncha katta ahamiyatga egamas, ammo ulardan kimyo va oziq-ovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligida, metallurgiyada (flyuslar) xom ashyo sifatida keng foydalaniladi. Sof minerallar Sof elementlar sinfiga kiruvchi minerallar bir xil yoki tuzilishi va xossalari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan kimyoviy elementlarning atomlaridan iborat. Hozirgacha tabiatda sof holda uchrovchi minerallarning 30 dan ortiq turi ma’lum. Minerallarni hosil qiluvchi sof elementlar metallar, polumetallar va metallmaslar bo‘lishi mumkin. Sof elementlarga olmos, vismut, grafit, oltin, mis, margimush, platina, oltingugurt va kumush kiradi. Sof holda uchrash asl metallar hamda mis uchun xosdir. Meteoritli sof temir va uning nikel va kobalt bilan qotishmasi (temir va temir-toshli meteoritlar) ma’lum. Sof metallar toza holda ancha kam uchraydi. Ularni tabiiy yo‘llar bilan kelib chiqqan qotishmalar deb qarash mumkin. Metallmas turlari orasida oltingugurt va uglerod ko‘p uchraydi. Kam hollarda polumetallar - margimush, surma, vismut kuzatiladi. Sof elementlar uchun polimorfizm xarakterli bo‘ladi. Masalan, uglerod grafit va olmos sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Oltingugurt ham ikki modifikatsiyaga ega. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling