4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja
Orolli silikatlar. Granatlar
Download 487 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Varaqli silikatlar va alyumosilikatlar.
Orolli silikatlar. Granatlar. Granatlarga tarkibi murakkab bo‘lgan orolli
silikatlar kiradi. Ularning umumiy tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin A 3 B 2 [Si0 4 ] 3, bunda A 2+ = Mg, Fe, Sa, Mn; V 3+ = A1, Fe, Cr, Ti, Zr, V. Nomi lotincha granatus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu minerallarning kristallari anor mevasi donalarini eslatadi. Tarkibi va rangi bo‘yicha granatlarning bir necha xillari ajratiladi: grossulyar (lotincha Grassularia - krijovnik), andradit (portugal mineralogi d'Andrad sharafiga), almandin (Kichik Osiyodagi Alabanda aholi manzili bo‘yicha), spessartin (Bavariyadagi Spessart aholi manzili bo‘yicha), pirop (yunoncha pyropos - olovsimon), uvarovit (graf S. S. Uvarov sharafiga) va b. Granatlar uzluksiz izomorf qatorlarni hosil qiladi, masalan, pirop - almandin - Mg 3 Al 2 [Si0 4 ] 3 - Fe 3 Al 2 [Si0 4 ] 3 yoki grossulyar - andradit Ca 3 Al 2 [Si0 4 ] 3 - Ca 3 Fe 2 [Si0 4 ] 3 . Varaqli silikatlar va alyumosilikatlar. Varaqli silikatlarga strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar ikki qatlamli (kaolinit, serpentin), uch qatlamli (gidroslyuda, montmorillonit, talk) yoki to‘rt qatlamli (xloritlar) paketlarni hosil qiluvchi minerallar kiradi. Ular gidroksil guruhi, qo‘shimcha anionlar va suvga ega. Paketlar orasidagi suv miqdori keng miqyosda o‘zgarishi mumkin. Bu ba’zi qatlamli silikatlarning suvda ko‘pchishiga olib keladi. Varaqli silikatlar va alyumosilikatlar kremnekislorodli [Si 4 O 10 ] 4 yoki alyumokislorodli [(Si,Al) 4 O 10 ] qatlamlardan tashkil topgan bo‘lib, ulardagi tetraedrlar uchta umumiy uch bilan bog‘langan.Varaqli silikatlar uchun Si 4+ ning A1 3+ ga keng izomorf o‘rin almashishi, ortiqcha manfiy zaryadlar paketlar orasida suv molekulalari bilan birgalikda joylashgan Sa 2+ , Na + , K + bilan kompensatsiyalashuvi xarakterli. Varaqli silikatlarda asosiy kationlar bo‘lib Mg, Al, Fe, Ca, Ni hamda K va Na hisoblanadi. Ular uchun umumiy radikal [Si 4 O 10 ] 4 yoki [(Si,Al) 4 O 10 kabi ifodalanishi mumkin. Varaqli strukturalarga minerallarning tabletkasimon kristallari, tangachasimon agregatlari, ba’zan yashirin kristalli shakli xarakterli. Varaqli silikatlar, ayniqsa mayda tangachali agregatlarda biri ikkinchisidan qiyin farqlanadi. Bu minerallar uchun ularning mukammal va juda mukammal ulanishi xarakterli bo‘ladi. Ularning qattiqligi, odatda, yuqori emas.Varaqli silikatlar guruhiga qatlamli, varaqli yoki tangachali tuzilishga ega bo‘lgan ko‘plab minerallar kiradi. Tog‘ jinslarida eng ko‘p tarqalganlari slyudalar (ayniqsa biotit va muskovit), gidroslyudalar, xususan vermikulit hamda talk, asbest, kaolinit, montmorillonitdir. Slyudalar alyumosilikatlar guruhiga kiradi va jins hosil qiluvchi komponentlar sifatida magmatik va ba’zi metamorfik jinslar tarkibiga kiradi. Slyudalarning tabiiy xossalari bir-biriga yaqin: ular juda yupqa, egiluvchi va tarang plastinkalarga juda oson parchalanadi. Gilli minerallar guruhi kremnekislorodli tetraedrlar va alyumokislorodli oktaedrlardan iborat bo‘lgan varaqli silikatlar tarkibiga kiradi. Tabiatda gil minerallari orasida kaolinit, gidroslyuda, montmorillonit keng tarqalgan. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling