4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja
Download 487 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar
Minerallarning tasnifi
Minerallarning zamonaviy tasnifi asosiga kimyoviy tarkibi va kristall strukturasini ko‘zda tutuvchi kristallokimyoviy tamoyil olingan. Tasnifning bunday birligi bo‘lib mineral turi sanaladi. Tarkibi va strukturasi bo‘yicha o‘xshash mineral turlar guruhlarga, kichik sinflarga va sinflarga birlashadi. Eng yirik sistematik tabaqa bo‘lib turkum sanaladi. Biz ushbu darslikda sakkiz sinf vakillaridan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. Bular – silikatlar va alyumosilikatlar, oksidlar va gidroksidlar, sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar, galogenidlar, fosfatlar va sof elementlardir. Odatda ulardan eng ko‘p uchraydiganlari jins hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Yer po‘sti og‘irligining 70 foyizidan ortig‘ini ikki element – kislorod va kremniy tashkil etadi. Kremniy tabiiy birikmalarda kislorodning to‘rtta atomi bilan bog‘langan (SiO 4 ) bo‘lib, bu kremnekislorodli tetraedr deyiladi. Kislorod boshqa strukturaviy turlarni ham hosil qiladi, ammo uning kremnekislorodli tetraedrlarda qatnashishi juda muhim hisoblanadi. Kremnekislorodli tetraedrlar eng muhim jins hosil qiluvchi silikatlar va alyumo-silikatlar guruhidagi minerallar struktu-rasining asosini tashkil etadi. Kremne-kislorodli tetraedr-larning o‘zaro bog‘lanish tartibiga muvofiq silikatlar va alyumosi-likatlar orasida orolli, halqali, zanjirli, tasmali, varaqli va karkasli silikatlar ajratiladi. Strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar bir-biridan ajralgan silikatlar orolli yoki ortosilikatlar deyiladi. Strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar halqa hosil qiluvchi silikatlar halqali, zanjir hosil qiluvchi-lari esa zanjirli silikatlar deyiladi (25-rasm). Tasmali silikatlar strukturasida tetraedrlar ikkalangan zanjirlarni - tasmalarni hosil qiladi (26-rasm). Kremnekislorodli tetraedrlar cheksiz yassi to‘rlarni hosil qilishi mumkin. Bunday silikatlar varaqli silikatlar deyiladi. Varaqli silikatlar guruhidagi minerallar strukturasida tetraedrlarning cheksiz yassi to‘rlari qatnashadi. Biotit va muskovit slyudalar guruhiga kiradi. Slyudalar esa varaqli silikatlar guruhini tashkil etadi. Biotitning formulasi: K(Mg, Fe) 3 [AlSi 3 O 10 ](OH, CI, F) 2, muskovitniki esa: KAl 2 [AlSi 3 O 10 ][ON] 2 . Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling