4-mavzu: tog‘ jinslari va minerallar. Reja


Oksidlar va gidrooksidlar


Download 487 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana13.12.2022
Hajmi487 Kb.
#999074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
4-Mavzu. Tog` jinslari va minеrallar

Oksidlar va gidrooksidlar 
Oksidlar va gidroksidlar sinfiga metallar va yarimmetallarning kislorod
gidrooksil guruh yoki suv bilan birikmalaridan shakllangan minerallar kiradi. 
Bunday birikmalarni 30 ga yaqin kimyoviy elementlar hosil qilishi mumkin. Ular 
tabiatda juda keng tarqalgan va litosferaning tuzilishida katta ahamiyatga ega. 
Oksidlar va gidroksidlar sinfidagi 200 ga yaqin minerallar ma’lum. Ular 
litosferaning 5 % va yer po‘stining 17 % ni tashkil etadi. Kremniy oksidlari Si0
2
eng keng tarqalgan. Temir oksidlari va gidrooksidlari keyingi o‘rinlarda turadi. 
Oksidlar va gidrooksidlarning tabiatda keng tarqalgan minerallari kvars, 
anataz, braunit, volframit, gausmanit, gematit, getit, gibbsit, diaspor, ilmenit, 


kassiterit, kvars, korund, kuprit, limonit, magnetit, manganit, opal, pirolyuzit
psilomelan, rutil, xrizoberill, xromit, sinkit va boshqalar hisoblanadi. 
Ta’riflanayotgan sinfdagi deyarli barcha minerallar kristalli strukturaga ega, 
ammo amorf birikmalari ham mavjud. Kimyoviy tomondan ko‘rilayotgan 
minerallar oddiy va murakkab oksidlarga bo‘linadi. Oddiy oksidlar uchun 
izomorfizm kam xarakterli, ulardagi qo‘shimchalar miqdori odatda 1 % dan 
oshmaydi. Murakkab oksidlarda izomorf o‘rin almashish ancha keng tarqalgan. 
Oksidlar va gidroksidlarning aksariyat qismi yer po‘stining eng ustki 
qismida kechadigan ekzogen jarayonlarda atmosferadagi erkin kislorod ishtirokida 
hosil bo‘ladi. Ammo ular endogen sharoitlarda magmatik, gidrotermal va 
metamorfik yo‘llar orqali ham hosil bo‘lishi mumkin, masalan, gidrogyotit va opal 
singari. 
Bu sinfdagi eng ko‘p tarqalgan mineral bo‘lib kvars sanaladi. Uning kristall 
panjarasini asosini karkas turkumidagi mustahkam kremnekislorodli tetraedrlar 
tashkil etadi. Shu xususiyati bo‘yicha uni silikatlar guruhiga ham kiritish mumkin. 
Kvars ko‘pincha yaqqol tomonlarga ega bo‘lgan psevdogeksagonal 
kristallarni hosil qiladi. Toza kvars rangsiz va shaffof mineral. Bunday kvars tog‘ 
billuri deyiladi. Kam miqdordagi qo‘shimchalar kvarsga turli ranglar berishi 
mumkin. Sariq rang (sitrin) ozroq temir qo‘shimchasi bilan bog‘liq. Ametistning 
binafsha rangi ham temir qo‘shimchasi vujudga keladi. Pushti kvars titan 
ko‘shimchasiga ega. Tutunsimon kvarsning qoramtir rangi alyuminiy yoki 
kristalldagi defektli struktura bilan bog‘liq. Eng keng tarqalgan kulrang yoki sut 
rangli kvars flyuid qo‘shimchalariga (suyuqlik va gazlar bilan to‘lgan bo‘shliqlar) 
ega. 
Kvars strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar mustahkam kovalent 
bog‘lanishga ega va cheksiz uch o‘lchamli karkas hosil qiladi. Kvarsning kimyoviy 
aloqalari barcha yo‘nalishlarda bir xil mustahkam. Shuning uchun ham kvarsda 
ulanish yo‘q. Zarba ta’sirida kvars hech bir qonuniyatsiz turli yo‘nalishlarda 
parchalanib ketadi. Kvarsning sinish yuzasi shishaning sinishini eslatadi. Bunday 
sinish turi chig‘anoqsimon sinish deyiladi. 


Oksidlar va gidrooksidlar orasida temir, marganets va alyuminiy birikmalari 
ko‘p uchraydi. Temir birikmalari gematit, magnetit, getit, gidrogetit, limonit, 
marganets birikmalari pselomelan, pirolyuzit va manganit, alyuminiy birikmalari 
esa gidraargillit, byomit va diaspor kabi minerallardan iborat.

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling