Mehnat unumdorligi - aniq mehnatning vaqt birligi ichida mah- sulot ishlab chiqarish qobiliyatidir. U maTum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan oichanadi.
Mehnat intensivligi - vaqt birligi ichida mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligining oshib borishi.
Pul - hamma tovarlami sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan umumiy ekvivalent rolini bajamvchi maxsus tovar.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
Tovar ishlab chiqarish va bozoming vujudga kelishining umu- miy shart-sharoitlarini tushuntiring.
Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiy- matining birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?
Qiymatning mehnat nazariyasi mazmunini tushuntirib bering.
Qiymatning so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi aso- sida nima yotadi?
Keyingi (so‘nggi) qo‘shilgan miqdor nafliligi nima va uning pa- sayish sababini tushuntiring.
Tovarlar qiymatini aniqlashga boTgan quyidagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring:
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;
keyingi qo‘shilgan tovarlaming nafliligi bilan aniqlanadi;
v) keyingi qo‘shilgan tovarlaming nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sha- roitlarini tushuntirib bering.
Pulning ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalarining maz- muni nimadan iborat?
Pul qanday vazifalami bajaradi? Har bir vazifasining maz- munini tushuntirib bering.
Oltin pul va qog‘oz pul o‘rtasidagi umumiylik va farqlarini ko‘rsatib bering.
Qog‘oz va kredit pullaming qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |