4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Shodmonov Sh. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda pulning yangi mazmuni va roli. Bozor, pul va kredit. Maxsus nashr, 2001, 9-b


Download 117.17 Kb.
bet10/16
Sana13.05.2023
Hajmi117.17 Kb.
#1456509
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

Shodmonov Sh. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda pulning yangi mazmuni va roli. Bozor, pul va kredit. Maxsus nashr, 2001, 9-b.

  • Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida. -T.: O‘zbekiston, 1995, 217-b.

    respublikamiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, dastlabki yil- larda sobiq Ittifoq pul birligi - rubl hududida amal qilish obyektiv zarurat sifatida tan olindi. Zero, ittifoqdosh respublikalaming siyosiy jihatdan mustaqillikka erishishlariga qaramay, ular iqtisodiyotining birdaniga, zudlik bilan mbl hududidan ajralib chiqishlari uchun iqti- sodiy shart-sharoitlar mavjud emas edi. Bunday holat yagona pul ma- koni doirasida yuqori darajada muvofiqlashtirilgan iqtisodiy, birinchi navbatda, pul-kredit siyosatining amalga oshirilishini taqozo etar edi. Shunga ko‘ra, dastlabki pallada Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki pul emissiyasi bo‘yicha monopolistik huquqni amalga oshirib, mbl amal qilgan barcha mamlakatlaming hududida pul barqarorligini ushlab turish bo‘yicha chora-tadbirlami ko‘rish mas’uliyatini zimma- siga oldi. Biroq, bozor munosabatlarining shakllanishi bilan bogiiq holda narxlami erkinlashtirish jarayonlari respublikalararo savdo ja- rayonlarida nomutanosibliklami keltirib chiqara boshladi. Respub- likalar savdo balanslari taqchilligini eksport narxlarini o‘zgartirish, kredit emissiyasi hisobiga moliyalashtirishga majbur edilar. Bundan tashqari, davlat korxonalarini keng miqyosli subsidiyalash bo‘yicha tadbirlar ahamiyatli darajada Rossiya Davlat bankining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtirilar edi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar natijasida mbl hududidagi pul-kredit nazoratining bo‘shashib ketishi inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi.
    O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishi zamrli- gi 1993-yilda dastlab Rossiyaning, keyinchalik MDH boshqa qator mamlakatlarining o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishi bilan yanada kuchaydi. Chunki, O‘zbekistonga boshqa respubliklar hudu- dida amal qilish huquqini yo‘qotgan eski mbl pul birliklari oqib kela boshladi. Qolaversa, mbl hududida O‘zbekiston Respublikasi Marka- ziy banki mustaqil ravishda mamlakatdagi pul-kredit sohasining rivoj- lanishini to‘liq nazorat qila olmas edi. O‘zbekiston rubl hududidagi bunday ahvol natijasida juda mushkul va zararli holatga tushib qolgan edi. Chunki boshqa davlatlar to‘lov va hisob-kitoblarida foydalanili- shi to‘xtatilgan 1961—1992-yillar namunasidagi qadrsizlangan rubllar evaziga O‘zbekistondan turli mahsulotlar olib chiqib ketila boshladi. O‘zbekistonga boshqa davlatlarda o‘z kuchini yo‘qotgan sovet pullari oqib kelishining oldini olish hamda respublika iste’mol bozorini hi- moya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

    1. yil 5-mayda «Pul muomalasini tartibga solish hamda respublika iste’mol bozorini himoyalashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qaromi qabul qildi. Ushbu qarorga binoan aholi tomonidan tovarlami xarid qilish va depozit operatsiyalarini amalga oshirishda pasport hamda kupon tizimi tatbiq etildi. Xususan, qarorda: 1993-yilning 10-mayidan boshlab omonatlarga pullaming qo‘yi!ishi faqat O‘zbekiston Respub- likasi fuqarolari tomonidan pasport asosida amalga oshirilishi; 25 ming rublgacha bo‘lgan qiymatdagi tovarlami - cheklar, chek daftarchalari yoki omonatchilaming topshirig‘i bo‘yicha ulaming bank muassasala- ridagi shaxsiy hisob raqamlaridan naqd pulsiz o‘tkazish orqali sotilishi; cheklar va chek daftarchalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqaro- lariga berish va boshqa chora-tadbirlar belgilab berildi.

    O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritish ikki bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqich 1993-yilning noyabr oyi- dan 1994-yilning iyunigacha bo‘lgan davmi, ikkinchi bosqich esa

    1. yilning iyun-iyul oylarini o‘z ichiga oldi.

    Pul islohotini o‘tkazishda mamlakatimiz hukumati tomonidan aho- lini ijtimoiy himoya qilish, uning daromadlarining yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyiliga katta e'tibor qaratildi. Shunga ko‘ra, muoma- ladagi eski pul birliklarining amal qilishini to‘xtatish ham sekin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Jumladan:

    • 1993-yilning 15-noyabridanboshlab 1992-yilnamunasidagi5000 va 10000 mbl qiymatdagi pul belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;

    • 1993-yilning 1-dekabridan boshlab SSSR Davlat bankining 1961-1992-yillardagi 200, 500 va 1000 mbl qiymatidagi pullarining barcha ko‘rinishdagi to‘lovlar sifatida qabul qilinishi to‘xtatildi;

    • 1993-yilning 15-dekabridanboshlab 50 i lOOmblqiymatdagipul belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;

    • 1994-yilning 1-yanvaridanboshlab 1, 3, 5,10 va 25 mbl qiymat- dagi pul belgilari muomaladan chiqarildi;

    • 1994-yilning 15-aprelidanboshlabO‘zbekistonningbarchahudu- dida Rossiya Banki banknotlarining muomalada bo‘lishi to‘xtatildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993- yil 30-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida «so‘m- kupon»ning muomalada bo‘lish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida 1993-yilning 6-dek- abridan boshlab 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘m qiymatidagi «so‘m-kuponlar» mamlakatimiz hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olindi.
    O‘zbekistonda milliy valyutani joriy etishda dastlab «so‘m- kupon»ning muomalaga kiritilishi quyidagilarga imkon yaratdi: bi- rinchidan, milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomon- larini optimallashtirish uchun respublika ichki iqtisodiyotidagi barcha real omillami to‘la aniqlash va hisobga olish; ikkinchidan, mustaqil moliya-kredit va narx siyosatini yuritish bo‘yicha muayyan tajriba orttirish; uchinchidan, milliy pul birligini joriy etish strategiyasi va mexanizmini o‘rganish, inflyatsiya jarayoniga qarshi kurash tadbir- lari ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, o‘zaro hisob-kitoblar mexa- nizmini yo‘lga qo‘yish va hokazo.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 111-moddasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentyabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq, 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta - «so‘m» muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Marka- ziy bankining kassa ishini tashkil etish to‘g‘risida, miliy valyutani muomalaga chiqarish va hisobga olish tartibi to‘ g‘risidagi ko‘rsatmasi, shuningdek, qimmatliklami qayta baholash hamda yuridik shaxslar- ning buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi ishlab chiqildi. Baak muassasalari tomonidan 1994-yilning 1 -iyuli holati bo‘yicha yuridik shaxslaming hisob va joriy raqamlaridagi bar- cha pul mablag‘larini va boshqa qimmatliklami inventarizatsiya qil- ish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida 1000 so‘m-kuponni 1 so‘m nisbatida qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
    Tovar-pul munosabatlarining samarali amal qilishi ko‘p jihatdan milliy valyutaning barqarorligiga ham bogTiq. Bu borada mam- lakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Bugungi eng muhim vazifa - valyutamizni baquwat, dunyoda obroTi valyutaga aylan- tirishdir. U yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo‘lishi lozim. So‘mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish - umummilliy vazifa»8, deya ta’kidlab, bunga erishish uchun aniq vazifalami hal etishga qaratilgan to‘rtta alohida dasturlar to‘plamini ko‘rsatib berdi (4.3-jadval).


    1. Download 117.17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling