4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi4 nazariyalari- ning


Download 117.17 Kb.
bet6/16
Sana13.05.2023
Hajmi117.17 Kb.
#1456509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi4 nazariyalari- ning dastlabki g‘oyalari XVIII asr oxirlarida paydo boTib, uning asoschilaridan biri Kondilyak va Galiani degan iqtisodchilar edi. Ke- yinchalik uning nisbatan rivojlantirilgan g‘oyalari keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi” degan g‘oya edi. Bu g‘oyaning asoschilari avstri- ya maktabi vakillari K.Menger (1840-1921), F.Vizer (1851-1926),

  1. Bem-Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur naza- riyaga ko‘ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda xizmatlar) ulami ishlab chiqarishga ijtimoiy zamriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafli- liklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovami ishlab chiqa- rishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, faqat tovaming nafliligi uning qiymatiga va binoba- rin, narxiga asos bo‘lishi mumkin. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli ko‘rinishdagi ikkita tovaming nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‘zaro taqqoslash mumkin emas.

Bu nazariya tarafdorlari naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlaming kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyek- tiv narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o‘rmonda yashovchi chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‘lgan psixologik xayol orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib bomvchi tartibda joylashadi: birinchi qop- dagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi - ovqatlanishni yaxshi- lash uchun, uchinchisi - uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi - pivo tayyorlash, beshinchisi - cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qush- lami boqib, ko‘ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko‘rinadiki, beshin- chi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahmm bo‘lsa u faqatgina ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to‘rtinchi qopdagi donning yo‘q boiishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi. Shu o‘rinda turli qoplardagi donlaming nafliligi turlicha ekan, ulaming qaysi biri donlaming umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug‘iladi. Holbuki, qoplardagi donlaming bir-biri- dan farqi yo‘q ekan, chol uchun ulaming nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo'lmagan ehtiyojni qondiruvcbi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo'linishlarga olib kelgan bu ikki yo‘nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ulaming hammasi tovarda gavdalangan mehnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kelib chiquvchi tovaming ikki xil xususiyati (nafli- ligi va qiymatijni tushunmaslikdan, uni bilishga bir tomonlama yon- dashuvdan kelib chiqqanligi ma’lum bo'ladi (4.2-rasm).

Qo'shilgan naflilik





Download 117.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling