4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdori va sifatiga mos kela- digan miqdor va sifatdagi naflilikka aytiladi


Download 117.17 Kb.
bet3/16
Sana13.05.2023
Hajmi117.17 Kb.
#1456509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdori va sifatiga mos kela- digan miqdor va sifatdagi naflilikka aytiladi.
Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur. Shunga ko‘ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng av- valo, o‘z iste’moli uchun emas, balki boshqalaming iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovaming natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovaming almashuv qiymati - bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovar- laming bu miqdoriy nisbatida ulaming almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari2 fikriga ko‘ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi boTib mehnat hisoblanadi, shu sabab- li ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlaming og‘irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi boTa olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti boTib tovarlaming turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlar- ning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy oTchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud boTgan umumiy narsa - ulami yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar oTchovdosh boTishining boisi shuki, bulaming ham- masi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qila- di. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko‘rinadi, shuning uchun al- mashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo‘lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovaming alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. «Qiymat - bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko‘pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qan- chaga tushganligi ifodasidir. Tovami ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mum- kin. Endi ulami boshqa ko‘rsatkich - almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir»3. Tovaming o‘zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligi- dan iboratdir. Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar to- monidan yo‘l qo‘yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya'ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘1 qo‘yilgan xatolik deb hisoblaymiz. Aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi boTib, aksariyat hollarda miqdor jihatidan qiymatdan kam boTadi.
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hiso- blanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ish- lab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o‘rtacha boTgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boTgan ish vaqtidir.
Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hi- sobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko‘paytirilgan yoki darajaga ko‘tarilgan oddiy mehnat sifatida hisob- ga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko‘p miq- dordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovaming ikki xil xususiyatga ega boTishiga sabab tovar ish- lab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Tovarda gavdalangan mehnat bir tomondan, bu - muayyan turdagi

aniq mehnatdir. Shuning uchun, naflilikni yaratadigan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (4.1-rasm).


Download 117.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling