4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
Download 117.17 Kb.
|
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymat- ning o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali o‘lchanishini ifodalaydi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U.Petti - qiymatning mehnat n- azariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, U.Petti tovaming iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni ko‘ra olmagan. U tovaming qiymati faqat qimmatbaho metallami ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan. A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar» (1776) nomli asarida tovaming iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday so- hasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan.
Rikardo qiymatning yagona mezoni bo‘lib tovar ishlab chiqa- rishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovaming iste'mol qiymati va qiy- mati o‘rtasidagi farqni aniq ko‘rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovaming qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta'kidlagan. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlami ayirboshlash ulaming qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, tovarlaming har bir birligini ishlab chiqarishga ijtimoiy zamriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zamriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitida tovar ishlab chiqamvchilar o‘rtasidagi aloqalami, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag‘batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv qiymat qonunining mavjudligini e'tirof etadilar. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymat- ning o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali o‘lchanishini ifodalaydi. Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zamr mehnat sarfidan kamroq bo‘lgan ishlab chiqaruvchilami rag‘batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilaming mehnat unumdorligini oshirishga un- daydi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilishlari yoki xonavayron bo‘lishlari mumkin. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilami tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflami kamaytirishni rag‘batlantiradi va mehnat- ning ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha taqsimlanishini tartibga so- lib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ish- lab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq sarflashga erishib bozor narxlarida sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb bo‘lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini o‘z vaqtida qo‘llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib tur- ishidan, ulaming ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi: Talab = taklif bo‘lgan holda narx = qiymat. Talab > taklif bo‘lgan holda narx > qiymat. Talab < taklif bo‘lgan holda narx < qiymat. Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilaming xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida boTadi. Download 117.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling