4.3-rasm. Oltin va qog‘ozpullarning o‘zaro bog‘liqligi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalent boTib emas, balki o‘z egasining qoTida foyda, daromad olish vositasi boTib xizmat qiladi, o‘zidan-o‘zi o‘suvchi qiymatga, bir so‘z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog‘oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog‘oz pul, tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, toTov talabnomalari va h.k.). Ulaming tub xususiyatlari 4.4-rasmda aks ettirilgan.
4.4-rasm. Naqd va kreditpullarning xususiyatlari
Bundan ko‘rinadiki, pul kapital sifatida muomalada bo‘ladi, unga qo‘shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi25.
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va uning rivoj- lanishiga shart-sharoit yaratdi.
O‘zbekistonda milliy valyuta - so‘mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini mustahkamlash yo‘nalishlari
Har qanday mamlakatdagi tovar-pul munosabatlarining to‘laqonli amal qilishi, eng awalo, muayyan mamlakat milliy valyutasining mav- jud bo‘lishi hamda barqaror amal qilishini taqozo etadi.
Mamlakatimizda milliy valyutaning ahamiyatiga katta e’tibor qa- ratilmoqda. Bu borada birinchi Prezidentimiz LKarimovning: «Milliy valyuta - milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlat- ga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir»26, degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Res- publikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z milliy valyutamizni muomalaga kiritish muhim va murakkab vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘ldi. Bu borada hukumatimiz tomonidan har tomonlama asoslangan. izchil iqtisodiy siyosat amalga oshirildi. Unga binoan,
Do'stlaringiz bilan baham: |