4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


-rasm. Mehnatning ikkiyoqlama tavsifldan kelib chiquvchi tovarning


Download 117.17 Kb.
bet4/16
Sana13.05.2023
Hajmi117.17 Kb.
#1456509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

4.1-rasm. Mehnatning ikkiyoqlama tavsifldan kelib chiquvchi tovarning
ikki xil xususiyati

Aniq mehnat deb - ma'lum maqsadga qaratilib, muayyan bir shaklda sarflanadigan, aniq turdagi iste’mol qiymatni (naflilikni) vujudga kelti- radigan mehnatga aytiladi. Masalan, nonvoyning non yopishga, durad- goming stol yoki stul yasashga, chevaming do‘ppi tikishga, tikuvchi- ning ko‘ylak yoki kostyum tikishga qaratgan mehnat aniq mehnatdir.


Ikkinchi tomondan, ushbu mehnat - aniq shaklidan, turi va yo'nalishidan qat’iy nazar, umuman tovarlaming hamma turida gavdalangan inson mehnatidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o‘zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Qiymat tovaming emas, balki faqat mehnat- ning ijtimoiy tavsifi bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi. Mehnat unumdorligi deb mehnatning vaqt birligi ichi- da mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatiga aytiladi. U ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdo- ri yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, deb olsak, u holda 1 ta stol yasash uchun 2 soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgoming 1 soatlik mehnat unumdorligi 0,5 ta stolga teng. Mehnat unumdorligi- ning o‘zgarishi tovar birligi qiymatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soat- lik mehnat sarfiga teng edi. Deylik, uning mehnat unumdorligi ikki baravar ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga yetdi. U hol- da, bitta stolning qiymati ham ikki baravar pasayib, 1 soatlik mehnat sarfiga teng bo‘ladi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnat inten- sivligi deganda ish vaqti birligi davomida mehnat sarfining oshib borishi, ya’ni mehnatning jadallashishi tushuniladi. Mehnat inten- sivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko‘proq qiymat yaratili- shiga imkon beradi. Mehnat intensivligi oshganda vaqt birligi ichida Yaratilgan tovar miqdori oshishi mumkin. Lekin qiymat ham osh- ganligi tufayli uning bir birligiga to‘g‘ri keladigan qiymat o‘zgarmay qolishi mumkin.

    1. Qiymatning mehnat nazariyasi, naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalari

Tovar qiymatining negizini aniqlash doimiy ravishda tortishuv- lar va munozaralarga sabab bo‘lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo‘nalish mavjud:

  1. qiymatning mehnat nazariyasi;

  2. qiymatning naflilik yoki keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi.


Download 117.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling