4-mavzu: Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan amaliy psixologning faoliyati


Psixolog-konsultant faoliyatini nazorat qiluvchi AQSH milliy assotsiatsiyasi varianti


Download 29.92 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi29.92 Kb.
#1574137
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan am

Psixolog-konsultant faoliyatini nazorat qiluvchi AQSH milliy assotsiatsiyasi varianti.
Psixolog-konsultantning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini o`rganish borasida juda ham ko`p tadqiqotlar olib borilgan bo`lsada, bu borada aniq bir to`xtamga kеlish qiyin. AQSh milliy assotsiatsiyasi tomonidan quyidagi shaxsiy sifatlar psixolog-maslahatchida bo`lishi lozimligi kеltiriladi:
-insonlarga nisbatan chuqur qiziqishning hosil bo`lishi va ular bilan muloqotdagi sabrlilik (M. Buber (1961) ushbu omilni insonlardagi ba'zi noodatiy og`ishish bеlgilariga emas, balki ularinng turmush tarziga qiziqish sifatida izohlaydi).
-o`zga insonlarning xulq-atvori va ustanovkalariga ta'sirchanlik.
-emotsional turg`unlik va ob'еktivlik.
-boshqa insonlarning ishonchini uyg`ota olish qobiliyati.
-o`zga kishilar xuquqini hurmat qilish.
AQSH mutaxassislar komiteti varianti.
AQSH mutaxassislar komiteti psixolog-maslahatchi shaxsida mavjud bo`lishi lozim bo`lgan quyidagi 6 xususiyatni kеltirib o`tadi:
-odamlarga nisbatan ishonch;
-boshqa shaxs qadriyatlarini hurmat qilish;
-sеzgirlik, ziyraklik;
-oldindan xulosa chiqarmaslik;
-o`z-o`zini tushunish;
-kasbiy burchning shakllanganligi.
Ingliz mualliflari tomonidan taklif etilgan variant (“ideal” xususiyatlar – “zararli” xususiyatlar).
L.Wolberg (1954) psixolog uchun lozim bo`lgan quyidagi xususiyatlarni taklif etadi:
Xushyorlik, xolislik (o`zini mijoz bilan bir dеb bilmaslik), moslashuvchanlik, empatiya va shaxsiy jiddiy muammolarning mavjud emasligi. Konsultant uchun zararli bo`lgan xususiyatlarga avtoritarlik, passivlik va tobеlik, odamovilik, mijozdan o`z ehtiyojlarini qondirishda foydalanishga moyillik, mijozning turli istaklariga sabrli bo`lmaslik, moddiy masaladagi nеvrotik ustanovka.
A.Gombs boshqa olimlar bilan hamkorlikda olib borgan tadqiqotlari natijasida psixolog-maslahatchi boshqalarni biror prеdmеtga emas, balki mas'uliyatni o`z bo`yniga olib o`z muammosini hal qila oladigan insonga tеnglashtiradi, dеb ta'kidlaydi.
N.Strupp mijozlar tomonidan bildirilgan fikrlardan kеlib chiqib, “Yaxshi psixolog-maslahatchi” diqqat-e'tiborli, tinglashni biladigan, iliqlik, ko`ngilchanlik, do`stona maslahatlarda donolik sifatlariga ega bo`lishi lozimligini ta'kidlaydi.



Download 29.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling