4-mavzu. Ultramikroblar tuzilishi va xususiyatlari reja: Filtrlanuvchi viruslar 2


Download 342.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi342.58 Kb.
#1122699
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MA\'RUZA (2)

a b o r t i v i n f e k s i ya deyiladi; 
3) Viruslar genomi hujayra genomi bilan birlashadi va hujayrining bo’linishida 
keyingi avlodga uzatiladi. Bir necha avlod o’tgandan keyin virusning rivojlanishi 
kuzatiladi va u hujayrani o’limga olib keladi. Bunday munosabat v i ro g e n i ya deyiladi.
Virus adsorbsiyasi hujayra va virusning tashqi qismidagi elektrostatik ta’sirlashuvi 
natijasida hujayra retseptorlarida hosil bo’ladi. Adsorbsiya ketadigan ayrim hujayralar 
lipoproteinlarga kiradi, ayrimlari esa mukoproteid tabiatli retseptorlarda fiksatsiya qilinadi. 
Hujayraning retseptorlari virus retseptorlari bilan komplementlangan. Viruslar adsorbsiyasi 
hama vaqt ham hujayra ichiga kirishi bilan kechmaydi. Masalan miksoviruslar 
eritrotsidlarning ustki qismida yaxshi adsorbsiyalanadi ammo hujayralar ichiga kirmaydi
shuningdek hujayralar tashqarisida ko’paymaydi ham. 
Viruslarni hujayra ichiga faqat virusga sezgir va beriluvchan bo’lgan hujayralarda 
kuzatiladi. Bu jarayon virusning hamda hujayralarning biologik xususiyatlariga bevosita 
bog’liqdir. 
Viruslarning hujayralar ichiga singishi faglar, gripp virusida yaxshi o’rganilgan. 
Faglarning 
hujayralar 
ichiga 
kirishi 
quyidagichadir: 
bakteriya 
hujayrasiga 
adsorbsiyalangan fag uning distal qismini parchalaydi, fag plastinkasi ajraladi, u esa 
hujayralar devorini yemiradi. So’ngra fag g’ilofini qisqarishidan fag o’simtasi sterjeni 
sitoplazmatik membranani yirtib sitoplazmaga kiradi, undan keyin hujayraga virus DNKsi 
oz miqdordai poliaminlar va oqsili bilan o’tadi. Oqsilni esa hujayralar tashqarisida qoladi. 
Viruslarni hujayralar ichiga kirishini tahlili shuni ko’rsatadiki. jarayon so’ngida 
viruslar nuklein kislotasini virus tanasi qobiqidan ajralishi bilan kechadi. 
Viruslar komponentlarini sintezlanishi. Bu virus zarrachalarini shakllanishini 
muhim bosqichidir. Nuklein kislotalar va oqsillar sintezi turli paytda va hujayralarni harxil 
stukturali qismlarida kechadi. Ular qat’iy ketma-ketlikda boradigan yaxlit jarayondir. 
Viruslar DNKsi sintezi nuklein kislotalar sintezlanishi prinsipida polukonservativ yo’l 
bilan komplementar prinsipi asosida replikatsiya jarayonida DNKning har bir buralgan 
ipiga yangi komplementar ip birikishidan ota-ona DNKsi xususiyatlari, nuklein 
kislotalarlarning joylanish tarkibi, bilan bir xil bo’lgan ikkita yangi DNK molekulasi hosil 
bo’ladi. Viruslar DNKsi sintezlanishi uchun substrakt hujayralar tarkibidagi to’rtta 
nukleotid zarurdir. Viruslarlar DNKsi sintezlanishi uchun oldingi virus sintezini 
taxminlovchi fermentlar – i-RNK matritsasi bo’yicha hujayralar ribosamalarida 
shakllanidigan, virus DNKsi matritsasida hosil bo’ladigan – DNK – polimerazalar zarur. 
Virus spetsifik fermentlar nukleotidlarining hosil bo’lishida, polinukleatid ipiga birikishida 
va turli xil viruslar DNKsini kimyoviy ixtisoslashuvida qatnashadi. Viruslar DNKsi 
sintezida hujayralar fermentlari ham ishtirok etishi mumkin. Bu sintez sitoplazma va 
yadroda ketishi mumkin. Ikki ipli DNKning sintezlanishi ham shunga o’xshash bo’ladi. 
Mayda virus- faglarida bir ipli DNK mavjud. Bu DNK molekulasi o’zining fizik-kimyoviy 
xususiyatlarini jiddiy o’zgartiradi. Yopishqoqligi va optik zichligiga ko’ra u ota-
onasinikidan farq qilib, ikki ipli DNKnigiga o’xshashdir. Bu yangi o’zgargan DNKning 
replikativ shakli deyiladi. DNKning bunday yangi shaklining hosil bo’lishi fag bilan 
zaralangan bakteriyaning nukleotidi xizmat qiladi. Matritsa sifatida esa bir ip zanjirli DNK 


muhim rol o’ynaydi. Bu sintez hujayrada virus bilan zararlanishgacha mavjud bo’lgan 
fermentlar ta’sirida amalga oshiriladi. 

Download 342.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling