4-mavzu. Ultramikroblar tuzilishi va xususiyatlari reja: Filtrlanuvchi viruslar 2
Download 342.58 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MA\'RUZA (2)
4-MAVZU. ULTRAMIKROBLAR TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI Reja: 1.Filtrlanuvchi viruslar 2.Viruslar hujayrasining kimyoviy tarkibi 3.Viruslarning aniqlanishi, tabiatda tarqalishi, ahamiyati Tayanch so’z va iboralar: Viruslar, bakteriologik filtr, simptom, Virus adsorbsiyasi, komponentlarini sintezlanish, replikativ, replikatsiya jarayoni. Viruslar – ultramikroskopik hujayra ichi obligat paraziti bo’lib, bu guruh mikroorganizmlari faqat tirik organizm hujayrasida (bir yoki ko’p hujayrali organizmda) rivojlanadilar. Viruslar hayotning zarracha (hujayramas!) ko’rinishida bo’lib, ularda moddalar almashinuv jarayoni mavjud emas. Viruslar tirik va o’lik tabiat o’rtasida turadi. Viruslar odam, hayvonlar, o’simliklar, hasharotlar va mikroorganizmlar kasalligini chaqiradi. Viruslar boshqa mikroorganizmlardan farq qiluvchi quyidagi xususiyatlarga ega: 1) bakteriologik filtrdan o’ta olish; 2) oddiy sentrifugada sentrifuga qilinganda cho’kmaga tushmaslik; 3) oddiy yoruqlik mikroskopida ko’rinmaslik; 4) faqat bir turdagi nuklein kislota – DNK yoki RNK – saqlash; 5) ularning ko’payishi uchun faqat nuklein kislotasi lozimligi; 6) sun’iy ozuqa muhitida rivojlanmaslik, faqat tabiiy ozuqa muhiti bo’lgan ho’jayin organizmida rivojlana olish,ya’ni, viruslarning rivojlanishi uchun tirik hujayra kerak. Eng yaxshi o’rganilgan viruslardan biri bu tamakining mozaik kasalligini chaqiruvchi virusdir. 1935 yilda U. Stenli bu virusni kristall holda ajratib oldi. Bu kristallni tamaki o’simligiga kiritilganida, u mozaik kasalligining simptomini chaqirgan. Hozirgi kunda ko’p viruslar kristall holda ajratib olingan. Viruslarni elektron mikroskopda o’rganilganda ular turli-tuman shaklli va murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda viruslarning quyidagi shakllari aniqlangan: tayoqchasimon – virus to’g’ri silindr shakliga ega (tamakining mozaika virusi); ipsimon – elastik bukiluvchi ipchalar shaklida (o’simlik va bakteriyalar virusi); sharsimon, ko’p qirrali figuralarga o’xshash (hayvon va odam virusi); kubsimon – chetlari yassi parallelepiped shaklida (odam va hayvon virusi) va bandaksimon shakllarda bo’lib, boshcha va o’simtali (bakteriyalar va aktinomitsetlar virusi) bo’ladi (8-rasm). Viruslarning o’lchamlarini aniqlashda bir necha usullardan foydalanadilar: virus o’tkazilgan filtr teshigining o’lchami yordamida, sentrifugalashda cho’kmaga tushish tezligi yordamida va elektron mikroskopda olingan rasm yordamida. Eng katta virus – ospovaksinaning diametri 250-300 nm ga teng. Eng kichik viruslardan biri – qora molning oqsim kasalligini chaqiruvchi virusning diametri esa, 10-12 nm ga teng. Viruslar faqat bir turdagi «xo’jayinda» - o’simlik, hayvon, odam yoki mikroorganizmda parazitlik qila oladi. Bunday o’ziga xoslikdan viruslarni xo’jayin turiga qarab guruhlash imkonini beradi. Keyingi yillarda ularning tuzilishi, tashqi muhit faktorlariga chidamliligi ham inobatga olinmoqda. Viruslarni odam, o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar viruslariga bo’ladilar. Bakteriya va aktinomitsetlar viruslari fag deyilib, ular mos ravishda bakteriofag va aktinofaglar deyiladi. Viruslar tuproqda rivojlana olmaydilar. Agar ularni inaktivatsiya qiladigan sharoit bo’lmasa ular tuproqda o’zoq vaqt saqlanib qolishlari mumkin. Download 342.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling