4-mavzu. Ultramikroblar tuzilishi va xususiyatlari reja: Filtrlanuvchi viruslar 2


Download 342.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi342.58 Kb.
#1122699
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MA\'RUZA (2)

Virus RNKsi sintezi. Viruslar RNKsi sintezi uchun substrakt sifatida zararlangan 
hujayraning nukleatidi xizmat qiladi. Virus RNKsi tarkibi hujayra RNKsi moddalari 
tarkibi bilan bir xildir. RNK sintezi – RNK polimeraza yordamida amalga oshadi. Virus 
RNKsi sintezi matritsasi bo’lib uning RNKsi xizmat qiladi va bu sintez sitoplazma va 
yadroda amalga oshadi.
Virus oqsillari sintezi. Virus oqsillari sintezi uchun substarkt bo’lib hujayra 
aminokislotalariga o’xshash bo’lgan aminokislotalar xizmat qiladi. DNK tutuvchi 
viruslarda oqsil sintezida matritsa vazifasini i-RNK bajaradi. U esa virus DNKsida 
shakllanadi. I-RNK zararlangan hujayraning substraktlarida sintezlanadi. 
RNK 
tutuvchi 
viruslarda 
oqsil 
sintezi 
DNKning 
ishtirokisiz 
boradi. 
Virusinformatsion RNK o’rnini virus ixtisoslashgan RNK bajaradi. Ma’lumki, oqsil 
sintezining asosiy komponentlaridan biri ribosomalardir. Ularning rolini viruslar oqsili 
sintezidagi rolini o’rganishdan ma’lum bo’ldiki, hujayraning viruslar bilan zararlanishida 
Yangi ribosomalarning sintezlanishi to’xtaydi, bunda hujayradagi eski ribosomalar ozod 
bo’ladi, va ularda oqsil sintezlanadi. Ko’pchilik viruslarda oqsil sintezlanishi sitoplazmada 
kechadi.
Yetilgan virus zarrachalarini shakllanishi va ularni hujayradan chiqishi.
Yetilgan virus zarrachasi (virion) subbirligi va DNK molekulasidan shakllanadi. 
Virus tarkibiga lipoproteid membrana va boshqa komponentlar kiradi.
Virus yiqilish jarayoni ularning komponentlarining polimerlanishidan yoki 
infeksiyalangan hujayra ishtirok etadigan murakkab tuzilishlarning shakllanishi orqali 
bo’ladi. Tashqi qobiqli hayvon viruslarining yetilgan virus zarrachasi shakllanishi juda 
murakkab jarayon bo’lib, bunda hujayra strukturalari qatnashadi, virus hujayralariga 
hujayraning lipoidli, uglevodli va oqsilli komponentlari birikadi. Masalan: gerpes 
virusining shakllanishida yadroda qobiqsiz virus zarrachasi hosil bo’ladi. Yadrodan 
chiqishda bu zarracha yadro qobig’i bilan o’raladi va virusning birinchi qobig’ini hosil 
qiladi. Ikkinchi qobiq esa virus hujayra membranasidan o’tayotgan paytda hosil bo’ladi.
Virus zarrachasining shakllanishi tugagach, virusning hujayradan chiqish jarayoni 
boshlanadi. Bu jarayon odatda xo’jayin hujayrasi qobig’ini parchalanishi hisobiga, ayrim 
hollarda virus xo’jayin hujayrasi ichida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bunda xo’jayin hujayra 
ozuqa moddalar bilan ta’minlanadi. Ammo ozuqaning kelmay qolishi bilan yetuk virus 
zarrachasi shakllanadi. 
Ayrim paytlarda to’liq yetilmagan viruslar ham chiqishi mumkin. Ularning lipid va 
oqsillari bir xil, DNKsi 1/3marta normal virusnikidan kichik bo’ladi. To’liq bo’lmagan 
viruslar – ularga chidamli bo’lgan hujayrani zararlaganda, turli xil mutagen xususiyatga 
ega bo’lgan kimyoviy va fizik omillar ta’sirida (azot kislota, ulqtrabinafsha nur, iprin va 
boshqalar). Shuningdek hujayraning 2 xil virus bilan zararlanishida ham to’liq yetilmagan 
viruslar chiqishi mumkin. Bu holda birinchi virusni genetik materiali ikkinchi virusni 
nuklein kislotasi bilan birikib, har ikki virus xossalarini mujassamlashtirgan gibrid virion 
hosil qiladi.
Viruslarning sezgir hujayrani zararlashi u murakkab kimyoviy birikmalar-ingibitorlar 
va ferment tizimlari bilan uchrashadi. Ular o’z navbatida normal virus shakllanishi 
jarayonini tormozlaydi yoki ularning biologik aktivligini kamaytiradi. 

Download 342.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling