4-mavzu: XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari


Download 31.41 Kb.
bet3/4
Sana02.04.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1321820
1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu

4.4.Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari.
Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Ulug‘bek 1424-1428-yillarda shahar yaqinida Qbirahmat anhori bo‘yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metr yedi. Bobo‘rning yozishicha, u uch qavatli bo‘lgan. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Binoning ichki sahni sudsi faxriy (sekstant) va koridorlar bilan to‘rt qismlarga ajratilgan. Rasadxona ichki devorlarida koinot-u Er sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo‘lib, shu tufayli bu mavzu aholi o‘rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat topadi.
Samarqandda Ulug‘bek rahbarligida barpo yetilgan bu ilmiy dargoh matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb yetgan natijalarga yerishadi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo‘zg‘almas) yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. O‘rta Osiyo, YAqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab joylashgan 683 geografik punktlarning Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalari belgilab chiqildi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
«Ulug‘bek observatoriyasi. Samarqandning tarixiy va arxitektura yodgorliklari. Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1420-yillarda Samarqandda qurilgan rasadxona Markaziy Osiyodagi yeng yirik rasadxonalardan biri hisoblanadi. Mazkur rasadxonaning barpo etilishi va uning o‘sha davr ilmiymarkaziga aylanishi, o‘sha davrning muhim voqeasi hisoblanadi. Bu rasadxonada, buyuk olimlar Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Jamshidbin Ma’sudi, Mo‘yiddin va uning o‘g‘li Mansur Koshiylar bir necha o‘n yilliklar mobaynida ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular samodagi yulduzlar harakatlarni kuzatganlar. Ularning ilmiy izlanishlari natijasida Samarqand rasadxonasida 1,018 yulduz harakatini tasvirlovchi joriy jadvallarini o‘z ichiga olgan "Ulugbeg Zidj" dunyo yuzini ko‘rgan. Observatoriya 20-asr boshida Samarqand arxeolog V. L. Vyatkin tomonidan topilgan. U Quyosh, Oy va boshqa samoviy jismlarni o‘lchash uchun qurilgan radiusi 40m yerosti yo‘lini topgan arxeolog hisoblanadi. Ulug‘bek rasadxonasi 17-asrda Gollandiyalik rassomlar tomonidan chiroyli naqshlarbilan bezatilgan Unda Ulug‘bek astronomiya ma’budasi sifatida tasvirlanib, unda shunday so‘zlar bitilgan "Men o‘zimning jiddiy izlanishlarimni sizga taqdim qilmoqdaman".
Ulug‘bek davrida maktab islohoti. Ulug‘bek Movarounnahrshaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va yerkakning burchidir» degan kalima o‘yib yozib qo‘yiladi.
Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil yetdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.

Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling