4-Mavzu: Xizmat ko’rsatishda mehnatni texnikaviy me’yorlash vazifalari va metodlari va xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda ishlarning alohida turlarini me’yorlash
Download 0.49 Mb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatni texnik me’yorlashtirishning xususiyatlari va tarkibi.
- -rasm. Vaqt me’yorining strukturasi.
4-Mavzu: Xizmat ko’rsatishda mehnatni texnikaviy me’yorlash vazifalari va metodlari va xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda ishlarning alohida turlarini me’yorlash; Reja: 1. Mehnatni ilmiy tashkillashtirish (MIT) ning ahamiyati. 2. Mehnatni texnik me’yorlash, uning tarkibi. 3. Mehnatga haq to’lashni tashkillashtirish, haq to’lash shakllari. Hozirgi kunda zamonaviy-murakkab mashinalarni sifatli ta’mirlash uchun mavjud ta’mirlash – texnik servis korxonalarini muttasil ravishda eng ilg’or fan-texnika, texnologiyalar va tajribalarga asoslangan yo’ldan borish, ularni ishlab chiqarishga keng joriy etish yo’lidan borishni taqoza qilmoqda. Bu yo’l bugun Respublikamiz mustaqillikka erishgan kunda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotidan, fan yutuqlaridan keng foydalanishimiz kerak. Ko’p hollarda yirik korxona rahbarlari kundalik ishlar (ishlab chiqarish korxonasidagi) changaliga chirmashib o’z korxonasidagi texnologik jarayonlarni yana ham takomillashtirish ishlariga e’tibor bera olmaydilar. Bu o’z navbatida korxonadagi ta’mirlash ishlarining sifatini keskin pasayishidek xavfli holatga olib kelishi mumkin. Bugungi talabalar bo’lg’usi Respublikamizning yetuk kadrlari sifatida hamma vaqt istiqbolli texnikaviy-iqtisodiy yo’lni boshlovchisi, qo’llovchisi, tor yoki keng ishlab chiqarish maydonlaridagi ta’mirlash texnologik jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishga e’tibor berishlari kerak. Ishning sifati birinchi galda yuqori malakali, oliy ma’lumotli injener-texnik xodimlarga bog’liq ekanligini sira unutmasligimiz kerak. Mehnatni texnik me’yorlashtirishning xususiyatlari va tarkibi. Vaqt me’yori deb birorta ishni bajarishga ajratilgan vaqtga (soat, min) aytiladi: bir mahsulotni (detalni ta’mirlash, yasash yoki tiklash; ma’lum operatsiya bajarish, qismlarga ajratish, yig’ish, bo’yash va b.). Vaqt me’yori ishchiga haq to’lash uchun asos bo’lib hisoblanadi – bajarilgan buyum (detalni) soni va sifatini hisobga olgan holda albatta. Injener hisobotlarida vaqt me’yorini to’g’ri hisoblay olishni bilish katta ahamiyat kasb etadi. Umumiy ish vaqtini sarflanishi ikki turga bo’linadi: - me’yorlashtirilgan; - me’yorlashtirilmagan; Me’yorlashtirilgan ish vaqtini (yoki texnikaviy vaqt me’yori) quyidagi vaqt elementlaridan tashkil topgandir 1-rasm. Vaqt me’yorining strukturasi. To–asosiy yoki texnologik vaqt ichida ma’lum bir operatsiya natijasida detalning shakli, o’lchamlari, tashqi ko’rinishi yoki ichki xususiyati (sifati) o’zgarib boradi. Misol: Dumalash podshipnigining o’tiradigan joyi eritib qoplash jarayonida To bunday hisoblanadi: Tv – quyish (detalni o’rnatish), o’lchash, qotirish, ishlov berilgan detalni olish, uskunani sozlash (ma’lum texnologik rejimga), dastgohni boshqarish (yoki boshqa dastgohlarni, bir nechta dastgoh ishlaganda), metall chokini shlakdan tozalash, payvandlashda esa detalni burib turish, kovka qilishda esa zagatovkani gornga joylash, gorndan olish, qizdirish vaqtidir. Td – ish joyini tashkiliy – texnologik xizmat ko’rsatish, dam olish uchun tinim vaqti, shaxsiy tabiiy hojatlar vaqti va ishlab chiqarishdagi gimnastika vaqti (o’tirib ishlovchi ishchilar uchun – soatsozlik zavodlarida). Tp.z – ma’lum operatsiyaga tayyorgarlik ko’rish va ish operatsiyasini yakunlashga bog’liq vaqt (topshiriqlar olish, naryad, asboblar olish, ish, chizmalar, texnologik jarayonlar bilan tanishib chiqish, instruktat olish, moslamalar olish, ish joyini ishga tayyorlash, uskunani sozlash, qayta sozlash, berilgan ishni bajarish uchun, asboblarni topshirish va ish joyini tozalash). Mehnatga haq to’lash tartibi va turlarini tahlil qilish. Qishloq xo’jaligidagi ta’mirlash korxonalarida bajariladigan hamma ishlar o’zlarining bajarilish murakkabligiga qarab 6 razryadga bo’linadi. Har bir ishchiga uning malakasiga qarab tegishli razryad beriladi. Razryadga qarab va bajarilgan ish razryadiga qarab haq to’lash ta’rif stavkasi bo’yicha amalga oshiriladi (ta’mirlash-mexanik ustaxonalari uchun jadvalga qaralsin). 1-jadvalda ta’rif stavkasiga doir misollar keltirilgan. Tarif stavkadan boshqa tarif setkasi, tarif koeffitsienti va tarifli-malakaviy qaydnoma bo’yicha ham ish haqi to’lash usuli mavjuddir (2-rasmga qaralsin). Tarif setkasi – bu boshqa turdagi hamma razryaddagi ishchilarning stavkasini birinchi razryadli ishchi stavkasiga nisbatini qabul qiluvchi shkala bo’lib hisoblanadi. Tarif koeffitsienti – tarif setkasiga o’xshash ahamiyatga ega bo’lib, boshqa razryaddagi ishchilarning ish haqini birinchi razryadlik ishchi ish haqiga nisbatini ko’rsatadi. Misol: 6-razryaddagi ishchini ish haqi stavkasi 610 so’m – bir soatda (1-jadvalga qaralsin), birinchi razryadli ishchiniki esa – 358 so’m – bir soatda. Bu holda tarif koeffitsienti 610/358= 7,1. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling