4-Mavzu: Xizmat ko’rsatishda mehnatni texnikaviy me’yorlash vazifalari va metodlari va xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda ishlarning alohida turlarini me’yorlash


-rasm. Ishlab chiqarishda mehnatga haq to’lash shakllari


Download 0.49 Mb.
bet2/3
Sana09.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1085763
1   2   3
Bog'liq
4-ma\'ruza

2-rasm. Ishlab chiqarishda mehnatga haq to’lash shakllari.
Ta’mirlash – mexanik uchastkalari ishchilari uchun soatbay tarif stavkasi (STS) *

* - faqat o’quv maqsadlari uchun qo’llanishi mumkin.
** - issiq sharoitda ishlovchi ish joylariga: payvandlash ishlari, temirchilik ishlari, misgarlik, molyar ishlari, yuvish, chiniqtirish, sinash, qismlarga ajratish, yig’ish, yonilg’i apparatlarini sozlash, boshqa ishlarning hammasi maqbul sharoitdagi ish joylariga kiradi.
Tarifli – malakaviy qaydnomada (spravochnik) – har bir ishchining bajaradigan asosiy ish turi, ularning tavsifnomasi va razryadlari berilgan maxsus ma’lumotnomaga asosan ish haqi beriladi: bunda bajarilgan ishning murakkabligi, aniq bajarilganligi, javobgarligi uchun tegishli razryad qo’yiladi (beriladi).
Ta’mirlash korxonalarida ikki shaklda bajarilgan ishga (mehnatga) haq to’lash qabul qilingan:
– ishbay-mukofotli;
– vaqtbay-mukofotli;
Bulardan birinchisi ko’proq qo’llanilib kelinmoqda. Bu holda ishga (mehnatga) haq to’lash ishni texnik talablarga mos, berilgan rastsenkalar bo’yicha amalga oshiriladi. Yuqori sifatli va muddatidan oldin bajarilgan ishlar uchun ishbay ishchilar mukofotlanadi. Mukofot olinadigan ishbay ish haqiga nisbatan foizda beriladi.
Ikkinchi shakldagi haq to’lash, bajarilgan ish turini, hajmini aniqlash qiyin bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Ish haqi hajmi berilgan topshiriqni bajarishga kerak bo’ladigan vaqt ko’p talab qilinishiga qarab haq beriladi.
Ba’zan ta’mirlash ishlariga mexanizatorlarni ham jalb qilganda akkordno-mukofotli shaklda ham ish haqi to’lash mumkin: bunda nihoyatda ko’p hajmdagi ish umumiy baholanadi, ajratish-yig’ish ishlariga ham shu shaklda to’lanadi (masalan, butun traktor yoki kombayn, avtomobillarni qismlarga ajratish-yig’ish ishlari). Bu shakl ko’proq shirkat xo’jaliklarida ishlatiladi.
I-razryad eng past malaka hisoblanib, VI-razryad esa eng yuqori razryad hisoblanadi.
Soatbay haq to’lashning kamchiligi: berilgan malakadagi toifa uchun “uravnilovka” dek salbiy holatni vujudga keltiradi: kim yaxshi, kim yomon ishlaganligi hisobga olinmaydi; ish unumdorligi ham hisobga olinmaydi, ishchilarni ish unumdorligini oshirishiga rag’batlantiril-maydi, korxonaga naf bermaydi (bu shakl me’yorlashga mumkin bo’lmagan ishchilar uchun qo’llaniladi – navbatchi slesar, elektromonter, yollanma ishchilar).
Soatbay-mukofotli shakldagi haq to’lash “uravnilovka” ga yo’l qo’yilmaydi. Ishning sifati va soniga qarab mukofot beriladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling