4-Mavzu: Xizmat ko’rsatishda mehnatni texnikaviy me’yorlash vazifalari va metodlari va xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda ishlarning alohida turlarini me’yorlash
Qilingan ish soniga qarab (ishbay) haq to’lash shakli
Download 0.49 Mb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Qilingan ish soniga qarab (ishbay) haq to’lash shakli – bu shakldagi ish haqini to’lash eng istiqbolli hisoblanadi, bunda maosh ishchining bajaradigan ishiga (ish unumiga) to’la bog’liqdir.
Bu shaklda mehnatga haq to’lashning o’zi bir qancha turga bo’linadi: – faqat mahsulot soni bo’yicha; – mahsulot soni va progressiv qo’shimcha haq to’lash; – mahsulot soni va mukofot berish. Birinchi holda ish haqi bajarilgan ish hajmi sdelьnaya rastsenkaga ko’paytirilib hisoblanadi. Rastsenka esa berilgan razryad uchun 1 soatdagi tarif stavkasini 1 soatdagi bajarilgan ish me’yoriga nisbati qilib olinadi. To’liq soatbay stavka esa quyidagilarga bo’linadi: - yakka tarzda (alohida ishchi uchun haq to’lash); - jamoaviy tarzda (butun jamoa birgalikda bajargan ishlari uchun bir xil rastsenka qo’yiladi). Hamma ish haqi jamoa ishchilariga ularni bajargan ishchilarning sifati, soniga qarab taqsimlanadi (ishchilarning tarif koeffitsientlari hisobga olinadi). Ikkinchi shakldagi haq to’lash har bir ishchini alohida qo’shgan hissasini hisobga olish imkonini bermaydi (uravnilovkaga yo’l qo’yiladi). Jamoa shaklidagi mehnatga haq to’lash ilg’or markaziy ta’mirlash ustaxonalarida keng tarqalgan. Jamoa tarkibi 8-10 kishidan iborat bo’lib, unga brigadir boshchilik qiladi. Haq to’lash donador ish haqi yoki tarif stavkasining 40% igacha mo’ljallangan bo’ladi. Oylik rag’batlantirish (ITX– injener texnik xodimlar uchun) 1 oylik ish haqining 15% ini tashkil etadi (jamoaga haq to’lashda ish sifati, intizom darajasi va boshqa xususiyatlar hisobga olinadi). Murakkab masalalar jamoa tarkibidagi kengash tomonidan hal etib boriladi. Kengash oylikka mehnatda ishtirok qilish doimiyligini qo’yishda mehnatni ilmiy tashkil qilish (MIT) jabhalariga jiddiy e’tibor berib boradi. Tayanch tushunchalar: ta’mirlash korxonalari, ishlab chiqarish, mehnat, uni ilmiy tashkil qilish, uni me’yorlash, mehnatga haq to’lash tartibi va turlari. Mavzuni takrorlashga oid sinov savollari: 1. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning ahamiyati qanday? 2. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat ? 3. Mehnatni ilmiy tashkillashtirish tadbirlari nimalardan iborat? 4. Mehnatni texnik me’yorlashtirish qanday xususiyatlarga ega? Ularning tarkibi qanday ? 5. Mehnatga haq to’lashning qanday shakllarini bilasiz? 6. Tarif stavkasini qanday tushunasiz? Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling