Taqqoslash — mavjud bo‘lgan tizimlarni solishtirish orqali eng maqbul usul tanlanadi.
•
Dinamik — usul barqaror miqdor ko‘rsatkichlarini taxdil etishga asoslangan.
•
Maqsadni tizimlashda xodimlarni boshqarish tizimining korxona (tashkilot) maqsadlarga muvofiqligining miqsor va sifat
ko‘rsatkichlari taxdil qilinadi.
•
Ekspert-tahliliy usulda xodimlarni boshqarishga yuqori malakali ekspertlarni jalb etish ko‘zda tutiladi.
•
Me’yor usuli xodimlarni boshqarish funksiyalari tarkibi va mazmunini belgilaydigan me’yorlardan qo‘llanishga
asoslangan.
•
Parametrli usul vazifasi ishlab chiqarish tizimi va xodimlarni boshqarish tizimi o‘rtasidagi funksiyali bog‘liklikni
aniqlashdir.
•
Funksiyaviy-qiymat tahlili, pirovard natija nuqtai nazaridan, eng kam xarajat talab qilinadigan, eng samarali usulni
aniqlashni ko‘zda tutadi.
•
Bosh tarkib usuli bitta ko‘rsatkich (tarkib)da o‘nlab ko‘rsatkichlar xususiyatlarini aks ettiradi.
•
Balans usuli balansli taqqoslash imkonini beradi.
•
Tajriba usuli o‘xshash tizimdagi tajribadan foydalanishni ko‘zlaydi.
•
O‘xshashlik usuli iqtisodiy-tashkiliy ko‘rsatkichlari o‘xshash bo‘lgan tizim bilan solishtirishga asoslangan.
•
Ijodiy kengashlar usuli xodimlarni boshqarishni rivojlantirish yo‘nalishlarini jamoa holda muhokama etishga qaratilgan.
•
Jamoa yon daftari (g‘oyalar banki) usuli har bir ekspert tomonidan bildirilgan fikrni jamoa muhokamasiga qo‘yishni
anglatadi.
•
Nazorat savollari usulida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan savollar orqali oldinda turgan vazifalarni ijodiy hal etishni faol-
lashtirishga qaratilgan.
•
Morfologik tahlil xodimlarni boshqarish ayrim funksiyalarini amalga oshirish uchun hamma takliflardan eng maqbulini
tanlab olishga qaratilgan.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |